Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti «tasdiqlayman»



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#194059
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
asalarichilikni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari

 

 

 

 

 

 


 

 

 



44 

4. SAMARQAND TUMANI FERMER XO'JALIKLARIDA 

ASALARICHILIKNI TASHKIL ETISH VA SAMARADORLIGINI 

OSHIRISH YO’LLARI.  

 

4.1. Qishloq xo’jaligida asalarichilik mahsulotlari miqdori  va sifatini 

oshirish imkoniyatlari 

 

Asalarichilikda  ishlab  chiqarish  texnologiyasigaga  rioya  qilish,  bunda 



innovatsion  g'oyalarni  qullash  iqtisodiy  samaradorlikka  erishishning  hal  qiluvchi 

omili  hisoblanadi.  Uyadagi  asalarilarni  ko'paytirish,  yangi  oilalarni  shakllantirish 

kabi  ishlarni  tashkil  etish  muhim  ahamiyatga  ega.   Ob-havo  sharoitidan  kelib 

chiqib asalari oilalarini har 3–5 kunda ko'zdan kechirish zarur. Agar asalarilar yon 

to'siq  ortidagi  romlarga  o'tgan  bo'lsa  va  ular  miqdori  yetarli  darajada  ekanligi 

sezilsa,  uyani  kengaytirish  mumkin.  Odatda  o'rik  gullagan  paytda  asalarilar  faol 

harakat  qilaolsa  kuchli  oilalardan  2  kg  va  undan  ortiq  asal  olish  mumkin.  Agar 

havo  sharoiti  mevali  daraxtlar  gulidan  foydalanish  imkonini  bermasa,  asalari 

oilalarini  shakar  sharbati  bilan  oziqlantirishga  to'g'ri  keladi.  Asalarichilik  ishlab 

chiqarishi  qishloq  xo'jaligining  boshqa  tarmoqlari  kabi  tabiat  bilan  chambarchas 

bog'liq.    Ona  asalari  chiqarishga  kerakli  miqdorda  erkak  asalari  chiqqandan 

so'nggina  kirishish  mumkin.  Erkak  asalari  yetilishi  uchun  ikki  haftadan  kam 

bo'lmagan  muddat  talab  etiladi.  Mana  shundan  keyingina  ular  ona  asalari  bilan 

juftlashib,  sog'lom  nasl  beradi.  Ona  asalari  chiqarishda  quyidagi  muddatlarni 

hisobga olish zarur: ona asalari yetishtirish davri 11–12 kunni tashkil etadi, yetilish 

va birinchi parvozga chiqishi uchun yana 3–5 kun kerak bo'ladi. Shundan so'ng 3–

7 kun davomida urug'lanish uchun juftlashish parvoziga chiqadi. Yosh ona asalari 

bilan  yangi  oilani  shakllantirishda  bir  uyada  ko'p  o'rinli,  2  romli  nukleus 

tayyorlanadi.  Usti  yopiq  nasl  va  yosh  asalarilar  o'tirgan  bitta  rom  ko'chiriladi, 

ochiq  naslli  romdan  yosh  asalarilar  o'sha  yerga  qoqiladi  va  o'sha  oiladan  ozuqali 

bitta  rom  olinadi.  Shakllantirilgan  oilalarni  boshqa  joyga  ko'chirmay, 

asalarizorning o'zida qoldiriladi. Chunki hamma parvoz qila oladigan asalarilar o'z 




 

 

 



45 

uyiga uchib ketib, yangi oila yosh asalarilar bilan qoladi. Keyingi kuni yangi oilaga 

yetilgan  onadon  beriladi  va  2–3  kun  bezovta  qilinmaydi.  Shundan  so'ng 

oilachalarda  ona  asalari  chiqqani  ko'zdan  kechiriladi.  Ona  asalarini  izlab  topish 

shart emas. Agar onadon og'zi tekis dumaloq shaklda qirqilgan bo'lsa, ona asalari 

yaxshi  chiqqan  bo'ladi.  Asalarizorni  har  qanday  xastaliklar  paydo  bo'lishidan 

saqlash  kerak.  Ko'pincha  bunday  hol  oilalar  ozuqasiz  qolganda,  uyalar  ortiqcha 

kengaytirib yuborilganda va asalarichi tomonidan uquvsiz qarov bo'lganda yuzaga 

keladi. Respublikamizning iqlim sharoiti aprelning birinchi yarmidayoq ona asalari 

yetishtirish 

imkonini  beradi. 

Bunda 


birinchi  navbatda 

ob-havo  ta'sir 

ko'rsatadi. Aprel-may  oyi  boshlarida,  keksa  ona  asalarilarni  almashtirish  yoki 

asalari  paketlarini  savdoga  qo'yish,  asalarizorni  to'ldirish  maqsadida  asalari 

oilalarini ko'paytirishga  e'tibor beriladi. . Asalarichilikda sun'iy usulda ona asalari 

yetishtirishning  ko'plab  usullarini  qo'llashadi.  Bunda  ikki  asosiy  uslubga 

asoslanadi:  birinchisi  lichinkalarni  ko'chirish,  ikkinchisi  lichinkalarni  ko'chirmay 

turib  amalga  oshiriladi.  Birinchisi  sermahsul  bo'lgani  bois,  tajribali  asalarichilar 

tomonidan sanoat asosida ona asalarilar yetishtirishda foydalaniladi. Ikkinchi uslub 

kamroq  mehnat  talab  etadi,  biroq  uning  yordamida  ona  asalarilar  yetishtirish 

miqdori cheklangani bois, faqat kichik asalarizor uchun qo'l keladi.  Onalik asalari 

oilalari  –  bu  oz  miqdordagi,  mahsuldorligi,  faol  rivojlanishi  va  ona  asalarining 

nasldorligi bilan ajralib turadi. Asalarichi avvaldan shunday oilalarni belgilab olib, 

kuzatib  boradi.  Ular  tuxum  hamda  lichinkalar  olish  uchun  mo'ljallanadi.   Otalik 

asalari  oilalari  –  erkak  asalarilar  yetishtirish  uchun  mo'ljallangan  oiladir.  Odatda 

ishlab  chiqarish  yo'nalishidagi  asalarizorlarda  ota  oilalarga  uncha  ko'p  e'tibor 

qaratilmaydi,  chunki,  ular  bilan  asosan  naslchilikka  ixtisoslashgan  xo'jaliklarda 

asosiy  ish olib boriladi.   Tarbiyachi oilalar  –  to'liq  yoki qisman  ona  asalariga ega 

bo'lmasdan,  ona  asalarilarni  yetishtirishga  mo'ljallanadi.  Tarbiyachi  oilalarni 

onasiz qoldirmay shakllantirish uchun ona asalari bo'luvchi sim to'r panjara ortiga 

ko'chiriladi, uyadagi asosiy asalarilar uning yoniga bemalol o'ta oladilar. Tabiatda 



 

 

 



46 

zarur 


ozuqa 

bo'lmaganda 

tarbiyachi 

oilalarni 

0,4–0,6 

litr 


miqdorida 

nordonlashtirilgan  shakar  sharbati  bilan  oziqlantiriladi.  Lichinkalarni  ko'chirish 

maxsus  tayorlangan  25°S  haroratdagi  va  yuqori  namlikka  ega  bo'lgan  maxsus 

xonalarda  amalga  oshiriladi.  Tabiiy  yorug'lik  yetarli  bo'lmaganda,  kunduzgi 

yoritish  chiroqlaridan  foydalaniladi. Hozirda  asalarichilar  asosan  standart  ramkali 

nukleuslardan  foydalanishadi.  Ular  odatda  16–20  ramkali  uyani  maxsus  fanerali 

to'siqlar balan 8–10 bo'limga ajratadilar. Har bir bo'lim 2 ta ramkaga mo'ljallangan 

bo'lib,  uyaning  old  yoki  orqa  tomonidan  ikkita  tuynukka  ega.  Ona  asalarilar 

yo'qolmasligi  uchun  tuynuklar  turli  balandliklarda  va  har  xil  ranglarga  bo'yalishi 

lozim.  Maxsus  fanerali  to'siqlar  uya  devorining  o'ziga  arra  bilan  tirnoq  ochilib 

mahkamlansa, bu uyalardan asal yig'imi davrida ham 1–2 ta oila qoldirib bemalol 

foydalanish  mumkin.   Nukleuslarning  yana  bir  samarali  jihati  shundan  iboratki, 

urug'langan ona asalarilarni boshqa oilaga o'tkazilayotganda ularni o'z ramkalari va 

asalarilari  bilan  birga  yangi  oilaga  o'tkaziladi.  Nukleusli  uyalarga  esa  yana  yangi 

oilalar  shakl¬lantiriladi.  Nukleus  to'la  shakllanib  bo'lgach,  asalarizorda  doimiy 

turadigan joyga qo'yiladi. Nukleuslar uchun joy tanlashda maydonning ochiqligi va 

mo'ljal  ob’yektlarining  ko'pligi  hisobga  olinishi  kerak.  Shundan  so'ng  pastdagi 

tuynuklar ochib qo'yilib, keksa asalarilarga o'z uyalari tomon uchib borish imkoni 

yaratiladi.  Qolgan  yosh  asalarilarga  esa  ertasi  kuni  ertalab  yetilgan  onadon  uya 

o'rtasiga  joylashtiriladi.  2–3  kundan  so'ng  uyadagi  onadonlari  tekshiriladi,  ona 

asalari  chiqmaganligi  yoxud  onadon  g'ajilganlari  o'rniga  boshqa  onadon  yoki 

tayyor urug'lanmagan ona asalari beriladi.  

 Respublikamiz sharoitida asalarichilik bahor oylarida qo'llaniladigan bunday 

tartib-qoidalar  mintaqalarda  turlicha  bo'lishi  mumkin,  lekin  bu  ishlar  negizida 

asalari  oilasini  to'laqonli  qilib  rivojlantirish  va  asosiy  asal  yig'imi  davrigacha 

kuchli asalari oilalarini shakllantirishdan iboratdir Avgustda bir quti asalaridan 10-

15 kg. toza asal to'plash mumkin. Asalari oilasi mahsuldorligini aniqlash, ularning 

asal  yig'imiga  ko'rilgan  tayyorgarlikka  bog'liq.  Buning  uchun  tanlab  olingan 




 

 

 



47 

hududda,  asalarilarning  asal  yig'imiga  tayyorlashni  qulay  vaqtini  aniqlash  lozim. 

Aks holda asalari oilalari asal yig'imiga ancha oldin yoki aksincha kech kirishadi. 

Ushbu  holatda  ko'p  asal  yig'a  olmaydi. Asalarilarni  asal  yig'imiga  tayyorlashda, 

eng  avvalombor,  hududning  serasalligini  bilish  lozim.  Asal  olish  jarayonida 

romdagi  mumkataklarda  8-10  foizgacha  asal  qolib  ketadi.  Xususan  bir  dona 

standart ramka asali olingandan keyin ham 300 grammgacha asal qoladi. Yaxshi va 

sifatli  ramkalar  asalari  uyasining  o'rtasiga  joylashtiriladi,  olib  qo'yishga 

mo'ljallanganlari esa quritib olinadi. Buning uchun asali olingan ramkalar uyadagi 

to'sqich  taxta  ortiga  joylashtiriladi.  2-3  kundan  so'ng  asalarilar  ulardagi  barcha 

qoldiq asalni olib tugatadi va ramkalar omborda saqlashga qo'yilinadi. Ramkalarni 

joylashtirish.  Asal  olingandan  keyin,  asosan  avgust  oyi  oxirida,  asalari  uyasida 

asalarilarni  to'g'ri  shakllantirish  kerak.  Ko'pchilik  hududlarda  asalarilarning  kuzgi 

rivojlanishi  avgust  oyi  oxiriga  to'g'ri  keladi.  Oilada  asalarilar  to'liq  o'tiradigan 

miqdorda  ramka  qoldiriladi.  Barcha  ortiqcha  ramkalar  esa  uyadan  olib  qo'yiladi. 

Yotiq  arixonalarda  bo'sh  ramka  uya  o'rtasidagi  to'siq  yoniga  joylashtiriladi.  Bu 

joyga  asali  olinmagan,  gulchang  va  asalli  ramka  qo'yiladi.  So'ng  naslli  ramkalar, 

uya  oxiriga  tuxum  qo'yishga  mo'ljallangan  ramkalar  joylashtiriladi.  Uyani  bir 

vaqtning  o'zida  to'sqich  taxta  oxurcha  bilan,  chegaralash  kerak.  Uyaga  faqat  och 

jigarrang ramkalar joylashtiriladi.  

Asalarilarni  parvarishlashning  asosiy  sharti  tabiatda  oz  bo'lsada,  asal  hamda 

gulchang beruvchi o'simliklarning mavjudligidir. Ular bo'lmaganda, kech gullovchi 

o'simliklar  bor  hududlarga  qo'chiriladi  yoki  qo'shimcha  ravishda  ozuqa  beriladi. 

Bunda  shakar  sharbati  1  kg  shakarga  1  l  suv  miqdorida  tayyorlanadi. 

Nordonlashtirish uchun sirka yoxud limon kislota miqdori 0,03 foiz bo'lishi kerak. 

Shakar  sharbati  bilan  asalarilar  oz  miqdorda  (0,2-0,3  l)  kuniga  yoki  kunora 

oziqlantirib  boriladi.  Bu  gulshira  miqdorini  bosadi  va  ona  asalarini  tuxum 

qo'yishga rag'batlantiradi. Gulchangning o'rnini bosa oladigan narsa yo'q, shu bois 

asalarilarni  kechki  makkajo'xori,  kungaboqar  va  boshqa  gulchang  beruvchi 



 

 

 



48 

o'simliklar maydoni yaqiniga ko'chirilgani ma'qul.  Asalarilardan har xil mahsulot: 

asal, mum va hokazolar olinadi. Gul asal –o'zining xushta'mliligi va shifobaxshlik 

xususiyati  bilan  yuqori  baxolanadi.  U  qand  lavlagi  va  uning  mahsulotlaridan, 

shakar  qamishdan  olinadigan  shakardan,  tarkibida  konga  tez  singadigan  uzum  va 

meva  shakari  borligi  bilan,  ikkinchidan  odamda  moddalar  almashinuvini  tartibga 

soladigan  fermentlar,  vitaminlar,  mineral  moddalar  –  organiq  va  mineral 

katalizatorlarning borligi bilan farq qiladi.  

Asalarilar mahsuldorligini oshirishga quyidagi faktorlarga bog'liq: 

1. Asalarilarni rayonlashtirishga, 

2. Ishlab-chiqarish jarayonini mehanizasiyalashtirish, 

3. Ishlab-chiqarish kam mehnat sarflashni tashkil etish, 

4. Asalarichilik tarmog'ini ixtisoslashtirish.  

Bular  har  xil  zonalarga  urchishga  qarab  farq  qilinadi,  shuning  uchun  ham 

bunday  arilarni  yanada  takomillashtirish  kerak.  Mahalliy  arilar  yoz  paytida  qish 

uchun  suvni  zapas  qilib,  qo'yadi,  chunki  paxtadan  olingan  asal  qish  paytida 

kristallanib qoladi,  shu paytda bularga suv kerak bo'ladi.  

Asalarichilik  davlat  xo'jaliklarida  mehnatning  tashkil  etishning  quyidagi 

sxemasi  foydalidir:  zveno  –  bo'lim.  Zveno  usulida  –  arizorlarni  malakali  kadrlar 

bilan  taminlash  masalasi  taminlanadi.  Tog'  zonalarida  zvenolarga  otlar 

berkitiladi,paxtakor zonalarida esa, motosekl, avtomashina kerak bo'ladi.  Bo'limda 

esa  5-7  ishchi  bo'lib,  ular  arizorlarni  ko'chirish,  suv  tashish,  asalarichlikda 

qo'llaniladigan asbob uskunalarni, asal, sozlash asboblarini olib yuradi.  

Tabiiy  ravishda  ko'paygan  ona  –  arilar,  sun'iy    yetishtirilgan  ona  –  arilar 

nisbatan  har  –  tomonlama  ustun  bo'ladilar.  Xo'jaliklarda  qisqa  muddatda  ona  ari 

yetishtiradigan  (may  oyining  2-yarmigacha)  8-9  qishidan  iborat  bo'lgan  zvenolar 

tashkil etish kerak. Har yili 40-50 mingta sifatli ona ari yetishtirish uchun alohida 

ajratilgan  maydon  bo'lishi  kerak.  Shundagina  arizorga  rejali  ravishda  har  2  yilda 

ona ari yetishtirib beriladi va bir xildagi oila saqlanadi. Shundagina asalarigina eng 



 

 

 



49 

murakkab va mashaqqatli tashvish, sun'iy ravishda ona ari yetishtirishdan qutiladi. 

Asalarichilikda  kam  mehnat  sarf  etish  uchun  uya  va  oilalar  standart  ulchamda 

bo'lishi,  mehnatni  mexanizasiyalashtirish  elektr  toki  yordamida  asal  ajratishni, 

harakatdagi  asalari  pavlinlarini  tashkil  etish,  elektr  va  bug'li  pichoqlardan 

foydalanish,  arizor  aravachalaridan,  ko'targichlardan  va  asalarilarga  qarashni 

soddalashtirish natijasida erishish mumkin.  

Quyidagi  jadvallarimizda  biz  Samarqand  viloyati  Samarqand  tumanidagi 

fermer  va  dehqon  xo'jaliklarida  mavjud  asalarilar  oilasining  soni,  umumiy  va  har 

bir oiladan olinadigan asal miqdorining ko'rsatkichlarini tahlil qildik.  




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish