Tayanch iboralar:
Smeta, sanitariya-epidemiologiya, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot statistikasi
byurosi, sanatoriylar, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, patologoanatomik markazlar.
11-MAVZU. SERVIS XIZMATLARI MENEJMENTI
Reja:
1.
Servis faoliyati tushunchasi.
2.
Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni
3.
Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanishiga
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli
turlari – turizm, bank–moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya va boshqa
xizmatlarni rivojlantirish hisobidan takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab
maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni keskin
oshirish ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tobora ko‘payishiga imkon
yaratdi.SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur
yo‘nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda
turizm sohasiga katta e’tibor berilib, ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ham
turizm to‘g‘risida ko‘rsatuv va materiallar berilayotganiga guvoh bo‘lishimiz
mumkin.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda qabul
156
qilingan "2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi qarori ushbu sohani yanada rivojlantirish va
kuchli turtki bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 2012-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi ham
yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb
15 foizga o‘sgani, sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa
bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, turizm taraqqiyoti uchun
faqatgina jozibador maskanlarning mavjud bo‘lishining o‘zi etarli emas. Mahalliy
turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning
ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga
xizmat ko‘rsatish, aholining saviyasini oshirish, odamlarni ish o‘rinlari bilan
ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat miqyosida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekiston yil
sayin turizm o‘lkasiga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro aloqalarni
rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini
bermoqda. O‘zaro hamkorlikning kuchayishi esa mamlakatimizga jalb etilayotgan
xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.
Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va
ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar
ko‘rsatishga, servis mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Servis faoliyati
ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish strukturalari, ya’ni uni sub’ektlari tomonidan
generatsiya (ishlab chiqariladi, sotiladi) qilinadi. Bu sub’ektlar jamiyat ehtiyojlari
masshtab va xususiyatini baholagan holda hamma hohlovchilarga o‘z xizmatlarini
taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki
servis tashkilotlari jamoalari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar ro‘yxatini
keltiramiz
firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash
firmalari;
korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo;
byuro, kontoralar – yuridik, informatsion – reklama, uy-joy foydalanish;
muassasalar (huquqni muhofaza qilish, madaniy muassasalar va boshqalar) –
militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar;
tashkilotlar – prokat, bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi
va boshqalar.
Servis faoliyati sub’ektlarini faoliyati to‘liq yoki qisman bozor almashinuvi
tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi
157
ko‘rsatmalarga buysindirilgan. Xizmatlar sohasidagi biznes ko‘pgina hollarda
kommersiya (tijorat) asosida amalga oshirilib yuqori mehnat unumdorligiga, past
tannarh va xizmat raqobatbardoshligiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ayni shu
vaqtda ko‘pgina davlat tashkilotlari aholiga aralash asosda (qisman tijorat asosida;
qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsatadi.
Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini
ta’minlaydi va zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni samarali
rivojlantiradi.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy.
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat foydali qazilmalar qazib olish yoki sanoat va
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mehnatidan farq qiladi. Keyingi holatda ishchi
fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xom-
ashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini
yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga
to‘lov sifatida qoplash mumkin. Bu jarayonda ishchi boshlang‘ich materialni
o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim
tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan
mahsulot shakl, og‘irlik, hajm va boshqalarga ega bo‘lib, uni narh sifatlarini
aniqlashni osonlashtiradi.
Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi
eng avvalo odam, uni ehtiyojlari va hohishlari bilan ish ko‘radi. Xizmatlar o‘rab
turgan dunyoda, odamni qiyofasida yoki uni ongida ma’lum o‘zgarishlarni sodir
etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet – moddiy xarakterga ega
bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat,
ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi.
Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o‘ta nozik
xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko‘radi.
Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra
murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega.
Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb
tan olingan.
Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari:
xizmat ko‘rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va
iste’molchini sheriklik o‘zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat
iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat
ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi;
158
ko‘rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo
xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, maxsus
jihozlar zarur bo‘ladi;
xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab
qo‘yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol qilinishi
bilan bir vaqtda kechadi;
iste’molchi ko‘p hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz
boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko‘rsatishni ma’lum bosqichida paydo
bo‘lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida albatta, paydo bo‘lishi
kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi;
xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo‘la olmaydi. Ammo bu xizmat
ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim);
xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay
turib baholanishi mumkin emas;
aniq xizmat o‘zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu
yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi.
Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat,
hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy
faollik bo‘lishini ta’minlaydi.
SHu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o‘zaro to‘ldiruvchilik
xarakterida bo‘lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun,
metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan
(energetiklar xizmati), informatsion xizmatlar, stansiya va o‘tish yo‘llaridagi
tozalikni saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, savdo xizmatlarini
mavjud bo‘lishi bilan kechadi.
Servis sub’ektlari o‘zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to‘ldirib servis
mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va
hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida
qaraladi:
ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati
sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar);
mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni
ishi;
xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar.
Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda,
sanatoriyada) qo‘lda barpo etilgan ob’ektlar (ekskursion xizmat ko‘rsatishda)
foydalaniladi va ularsiz odamlarni o‘ziga xos talablarini qondirish mumkin emas.
159
Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga
nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat
ko‘rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo‘lib, aniq korxonani servis
mahsulotini shakllantiradi.
Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni
turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi.
Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq,
region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy
turistik mahsulotni yaratilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |