7.3. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Odamlarni ehtiyojlari, umuman olganda, ehtiyoj deyilganda biror-bir narsaga
bo‘lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o‘zini qondirilishini talab qilib
odamlar tomonidan anglab etiladi.
Ehtiyoj xo‘jalik amaliyotida qator tushunchalarni keltirib chiqardi. Ularni
o‘rtasida eng asosiysi “iste’molchi” tushunchasi bo‘lib, tovar, xizmat, servis
mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan,
aniq narsalardan foydalanuvchi, oziq-ovqatda ma’lum mahsulotlarni ishlatuvchi
odamni anglatadi.
Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi
uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun
bunday bog‘liqlik unchalik darajada xos emas, chunki ko‘pgina sanoat tarmoqlari
texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki
bosqichlarida jalb qilingan bo‘lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini sub’ektlari
mijoz, buyurtmachi bilan yuzma-yuz uchrashadi va shu orqali iste’molni yakuniy
jarayonlarida ishlashadi.
Shuning uchun iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ancha noiqtisodiy-
ijtimoiy, psixologik, ma’naviy boshlanishga ega bo‘lib, bu esa servis faoliyatini
“narsalardan uzoqlashish” sifatida tavsiflashga imkon beradi. Xizmatlarni ishlab
chiqarish va iste’mol qilinishi ko‘pgina hollarda xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz
o‘rtasidagi bevosita kontaktlar yo‘li bilan kechadi. Ular o‘rtasidagi kontaktlar vaqt
davomida uzilgan bo‘lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan
holda xizmat bajarilgan hisoblanadi.
Jamiyatda
insoniy ehtiyojlarni mavjud bo‘lishi, shuningdek uni
transformatsiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi:
Odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni
ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo‘lib, ular o‘rtasida odam uchun dolzarb
bo‘lgan tug‘ma va o‘zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash
muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish
va boshqalar taaluqli.
Odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi.
Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni
yuzaga keltiradi.
164
Bu ehtiyojlar odamlarni o‘zini ijtimoiy munosabatlar sub’ektlari sifatida
tiklashga intilishlari va dunyoni o‘rganishni, o‘zini ma’naviy mohiyatini
rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra,
shakllanish mexanizmlariga ko‘ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik
hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham
degradatsiya qilinishi, so‘nishi mumkin.
Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o‘z genezisi va sifati bo‘yicha turli tuman
bo‘lishi mumkinligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |