8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi
Bunday matritsaning ustunligi firma urta korxonalarining xayot tsiklining turli
bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi»
shaklidagi urta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor
g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash
lozim. Potentsial «yutqazayotgan» urta korxonalarni imkon qadar tezroq
«echintirish» kerak. Etuklik va pasayish bosqichlaridagi urta korxonalardagi biznesni
shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati
yaratilishi lozim. Ushbu urta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari
«rivojlanayotgan g’oliblar»ni va usishning sekinlashish bosqichini boshidan
kechirayotgan urta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim.
Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga urta korxonalar
portfelining
muvozanatlashganlik
darajasini
baxolashga
imkon
beradi.
Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar»,
bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bulishi
lozim. Ayni paytda ushbu matritsa urta korxonalar portfelining dinamikasini
baxolashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey
matritsasiga qo’shimchadir, chunki u kupgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini taxlil qilish imkoniyati;
- aloxida urta korxonalar urtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi,
firmaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati;
105
- urta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi urta korxonalarning
xozirgi strukturasini aniqlashga va uzoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga
imkon beradi (muvozanatlashgan portfel - kompaniyaning kuchli jixati bulib,
muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).
Ammo urta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir
«qopqon»larga olib kelishi mumkin:
- urta korxonalar sonining kupligi firma raxbariyati uchun axborotning g’oyatda
kupligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu urta
korxonalar soni 40-50 taga yaqin bulganda yuz beradi);
- urta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari urtasida
ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin;
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal
integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun
muammolar vujudga kelishi mumkin (urta korxonalar urtasidagi muxim strategik
munosabatlarni ham xisobga olish lozim).
Do'stlaringiz bilan baham: |