umumiy biznes manzarisiga kanchalik yaxshi mos tushadi. Mos kelishiga nuktai
1. xujalik kismi kompaniya diversiya kilayotgan boshka faoliyat turlari bilan
2. biznes birlik kompaniya strategiyasiga kushilib keta oladimi yoki xujalik
portfeliga foydali kushimcha buladimi. Agar biznes kushma faoliyat, rakobat
ustunligini kuchaytiruvchi maxorat va tovar markasini uikazish imkoniyatlariga ega
bulsa, xamda kompaniya rivojlanishi umumiy yunalishiga mos kelsa, strategik
jixatdan yanada jonlirok buladi. Agar biznes korporatsiyaning ma’lum maksadlariga
erishishiga sezilarli xissa kushsa, xamda kompaniyaning umumiy daromadini sezilarli
oshirsa, u moliyaviy jixatdan kimmatli buladi. Foyda olish nuktai nazaridan
istikbolsiz bulgan biznes birliklar kabi umumiy biznes manzaraga mos kelmaydigan
xujalik kismlari xam korporatsiya faoliyat doirasidan chikarilishiga nomzod
108
Strategik muvofiqlik taxlil diversiyalangan kompaniya faoliyatini yaxshilash
buyicha strategik kadamlarni ishlab chikish uchun zamin yaratadi. Nima kilmok
kerakligi tugrisida asosiy xulosa portfeldagi faoliyat turlari yigindisiga tegishli
xulosalarga boglik.
Xujalik portfelida juda xam jozibali tarmoklarda faoliyat kursatayotgan biznes
birliklar etarlimi?
Ishbop faollik portfelida xayotiy tsikl oxirgi boskichida bulgan xujalik kismlari
yoki «Surov belgili» kompaniyalar juda xam kup emasmi?
Etuklik va tushkunlik boskichida bulgan xujalik kismlari urtasida
nomutanosiblik (disproportsiya) lar yukmi? Agar mavjud bulsa, kompaniyani usishini
sekinlashtiradigan darajada katta emasmi?
«Yulduzlar»ni va yangi paydo bulayotgan goliblarni moliyalash uchun firmada
«Sogin sigirlar» etarlimi?
Xujalik portfeli mavsumiy yoki buronli tebranishlarga moyil emasmi?
Bu kabi savollarga javoblar korporativ strategiya mualliflari faoliyatining ba’zi
turlaridan kechish, yangi xaridorlar yoki xujalik portfelini kayta tarkiblash xakida
uylab kurishlari kerakmi yoki yukmi ekanligini kursatadi.
Mavjud faoliyat turlari bilan firmaning maksadlariga erishish imkoniyatlari
diversiyalangan kompaniya xujalik portfelini strategik va moliyaviy jixatdan jozibali
ekanligini yaxshi mezoni bulib xisoblanadi. Bunday xolda korporativ strategiya
sezilarli uzgarishlar talab etmaydi. Lekin ba’zi bir maksadlarga erishib bulmaslik
extimoli bulsa, korporativ strategiya mualliflari bunday nomuvofiklikni tugatish
uchun ba’zi bir chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin:
1.Ishbop faollik portfelidagi ba’zi biznes birliklarning strategik rejalarini
uzgartirish.
2.Ishbop faollik portfeliga yangi xujalik kismlarini kushish.
3.Zaif va zaraga ishlayotgan biznes birliklaridan voz kechish.
4.Faoliyatning past natijalarining sababi bulib xisoblangan sharoitlarni
uzgartirishga urinish sifatida alyans tashkil etish.
5.Korporatsiya maksadlarini kayta kurib chikish (faoliyatning ancha kamtarona
natijalariga yul tutish)
Diversiyalangan kompaniyalarning ishbop faolligi portfeliga kiruvchi xujalik
kismlari faoliyatida yukori natijalarga erishish uchun, korporatsiya menejerlari
mavjud resurslarni samarali taksimlashlari lozim. Ular resurslarni past imkoniyatli
soxalardan yukori imkoniyatli soxalarga yunaltirishlari kerak buladi.
Korporatsiya portfelining eng yaxshi varianti uning urta korxonalar tomonidan
yuhqori darajada jalb qiluvchanligidir. Portfeldagi mutanosiblikning turli variantlari
va ularni bartaraf qilish usullari yuqorida kurib utildi. Xatti-xarakatlar rejasini ishlab
chiqishdagi (uzgarish kiritishdagi) yakuniy bosqich raqobatli potentsialning asosini
109
tashkil
qiluvchi
urta
korxonalar
o’rtasidagi
uzaro
munosabatlarning
muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir.
Bunday muvofiqlashtirishning quyidagi yullarini kursatib utish mumkin:
-
firmaning qiymat zanjiridagi bog’liq faollikni ajratib kursatish
(markazlashmagan xaridlar, xamkorlikdagi ITTKI, ishlab chiqarishni tuliq yoki
qisman integratsiyalash, dilerlik tarmog’ini integratsiyalash va savdoni tashkil qilish);
-
firmaning iste’molchilarga, ta’minotga, taqsimot kanallariga va
raqobatchilarga qarshi mudofaa yoki xujum frontini tashkil qilishga yondashuvidagi
kuchli tomonlarini mustahkamlash maqsadida urta korxonalar bilan bog’liq
strategiyalarni muvofiqlashtirish;
- korporatsiyalar bosqichida raqobat kurashidagi xatti-xarakatlarning yagona
strategik rejasini ifodalash;
- urta korxonalar urtasida uzaro munosabatni tashkil qilish, «nou-xau»larni, ilgor
texnologiyani berish va tajriba almashish uchun komitetlar va loyixa guruxlarini
barpo etish;
- strategik uzaro munosabatlarni mustaxkamlash, mavjud biznesning qiymat
zanjirida yutuqqa erishish uchun yangi biznes tomon diversiyalanish;
- strategik uzaro munosabatlarning asosiy kontseptsiyasiga mos kelmaydigan va
muvofiqlashtirish qiyin bulgan urta korxonalarni qisqartirish;
- boshqaruvchi urta korxonalarni korporatsiyaning strategik potentsialini
ruyobga chiqarish manfaatlarida xamkorlikda ishlashga undash.
Do'stlaringiz bilan baham: