Diqqatning mohiyati mavzu: sodda psixik jarayonlar reja: Diqqatning mohiyati va xossalari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana30.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#193103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
SdVhkczijeaaCX62gX0edXxPIGjLvJiL

 

3. Diqqatning vazifalari va 

turlari 

assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi  bilan ta’minlaganligi  sababli, 

T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] 

Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining 

o‘zgarishlari  bilan  birgalikda  kechishini  uqtiradi.  Bunda  diqqat  tabiatini  tushuntirishda  Ribo 

harakatlarga  alohida  o‘rin  ajratadi.  Uning  fikricha,  diqqatning  jamlanganlik  holati  organik 

reaksiyalar bilan birga diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon 

bo‘ladigan  tana,  yuz,  gavda,  oyoq-qo‘llar  qismlarining  harakatlari  bilan  birgalikda  kechadi. 

Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik 

asosga  ega  bo‘ladi.  Bu  holatga,  Riboning  fikri  bo‘yicha,  mushak  zo‘riqishi  mos  keladi, 

diqqatning  chalg‘ishi  esa,  mushak  charchog‘i  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bundan  kelib  chiqadiki, 

ixtiyoriy  diqqat  siri,  Ribo  nuqtai  nazariga  ko‘ra,  harakatlarni  boshqarish  qobiliyatidan  iborat. 

SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas. 

 Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar 

ham  mavjud.  D.N.  Uznadze  fikricha,  diqqat  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  mayl  bilan  bog‘langan.  Uning 

nuqtai  nazariga  ko‘ra,  mayl  diqqat  holatini  ichkaridan  ifodalaydi.  Mayl  ta’siri  ostida  voqeiy 

atrof-muhitni  idrok  qilishda  hosil  qilinadigan  ma’lum  obraz  yoki  taassurotning  ajralishi  sodir 

bo‘ladi.  Bu  obraz  yoki  taassurot  diqqat  ob’ektiga  aylanadi,  jarayonning  o‘zi  esa 

ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] 

P.YA.  Galperin  ham  diqqatning  qiziqarli  konsepsiyasini  taklif  etdi.  Uning  konsepsiyasi 

quyidagi asosiy holatlardan iborat: 

1.  Diqqat  yo‘nalishli-tadqiqot  faoliyatining  vaziyatlaridan  biri  bo‘lib,  obraz,  fikr,  inson 

psixikasida  ma’lum  vaqtda  mavjud  bo‘lgan  boshqa  hodisa  mazmuniga  qaratilgan  psixik 

harakatdan iborat. 

2.  Diqqatning  asosiy  vazifasi  –  psixik  obraz,  harakat  mazmuni  va  boshqalar  ustidan 

nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari 

mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi. 

3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat 

yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 

4.  Diqqat  mustaqil  akt  sifatida  harakat  aqliy  bo‘lib  qolmasdan,  qisqartirilgan  holatda 

bo‘lgandagina  ajralib  chiqadi.  Bunda  har  qanday  nazoratni  ham  diqqat  sifatida  o‘rganib 

bo‘lmaydi.  Nazorat  harakatni  umumiy  tarzda  baholaydi,  diqqat  esa  uning  yaxshilanishini 

ta’minlaydi. 

5.  Diqqat  psixik  nazorat  faoliyati  sifatida  o‘rganiladigan  bo‘lsa,  u  holda  diqqatning 

ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir. 

6.  Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja 

yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. 

Xulosa  o‘rnida  shuni  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  ko‘p  sonli  nazariyalarning  mavjudligiga 

qaramasdan,  diqqat  muammosi  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Diqqat  tabiati  haqidagi  bahslar 

avvalgidek davom etmoqda.[1] 

Diqqat  inson  hayoti  va  faoliyatida  ko‘plab  turli  xil 

vazifalarni  bajaradi.  U  zarur  bo‘lgan  psixologik  va 

fiziologik  jarayonlarni  faollashtiradi,  qolganlarini  esa 

susaytiradi, organizmga  etkazilayotgan axborotning uning 

dolzarb  ehtiyojlariga  muvofiq  holda  tashkil  etilishi  va  maqsadga  yo‘nalganlik  bilan  tanlab 

o‘tkazilishiga  yordam  beradi,  ruhiy  faollikning  biror  ob’ekt  yoki  faoliyat  turida  tanlab  va 

davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi. 



Diqqatning  asosiy  turlarini  ko‘rib  chiqamiz.  Bularga  tabiiy  va  ijtimoiy  belgilangan, 

bevosita  va  bilvosita  diqqat,  ixtiyorsiz,  ixtiyoriy  va  ixtiyoriydan  keyingi  diqqat,  hissiy  va 

intellektual diqqat kiradi. 

Diqqatni  tashkil  etishda  insonning  faolligiga  ko‘ra  diqqatni  uch  turga  bo‘lish  mumkin: 

ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish