2. Diqqatning fiziologik
asoslari va psixologik
nazariyalari.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir
jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan
ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi.
SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati
ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan
chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan
holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy maydoni»
ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana
ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki
diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq.
Diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati,
aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va
natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga
xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ
xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli
xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda
echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga
moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi.[2]
Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori
ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. Ma’lum
yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va
jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv
markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa
tormozlanishi tashkil etadi. Odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya
tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi.[1]
Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida taxminiy refleksni
alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha
o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. Masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi
bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. Darsda
o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va
berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. Masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida
doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib
olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda, odatda,
mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari
ko‘rib chiqiladi. Periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin.
Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos
keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1]
D.E. Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada
tanlab o‘tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul
qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan
holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. Keyinchalik
periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi.
Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi,
boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan
tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda
sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda
kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki
ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2]
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv
jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. CH. SHerrington
tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv
jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga
keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya)
yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya
hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar
yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda
o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.
1
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada
doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-
atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i
mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar
to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga
qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i
hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini
tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
SHunday bo‘lsada, na nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti
diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib bera olmaydi.
SHuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini
tushuntirib berishga urinayotgan qator konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi
zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga ko‘proq e’tibor ajratadilar. Sog‘lom
odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning
o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning
alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari»
yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni
kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish
qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar.
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi
faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning
tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya
hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida
yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti
1
Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б
Do'stlaringiz bilan baham: |