Tayanch iboralar:
inson jamiyat mahsuli; urf–odat, rasm–rusum, xizmat etiketi; biznes-etiket.
Nazorat savollari:
1. Odam boshqalardan ajralgan holda yashay oladimi yoki yo’qmi?
2. Odamlarning jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosida qanday qoidalar
yotadi?
3. Biznes–etiketining xizmat etiketidan farqi nimada?
4. Biznesmenlar uchun biznes–etiket qoidalarini bilishning qanday
ahamiyati bor?
14
3. Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari
3.1. Biznesmenlar imiji
Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan,
muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar
hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo’ladi. Shu sababli ham
biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va
halq oldida o’z mavqyeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim.
Halqaro tajribada biznesmenlar to’g’risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga
ularning imiji deyiladi.
Imij tushunchasi lotincha “imago” so’zidan olingan bo’lib, tom
ma’noda timsol va o’xshash degan ma’noni beradi. Keng ma’noda esa
qandaydir shaxs, firma, tovar mahsuloti to’g’risida jamoat ongida
shakllangan tasavvur, qiyofa yoki timsol tushuniladi.
Tasavvur, qiyofa, timsol yoki siymo (bundan keyin taassurot yoki
tasavvur deyiladi) umumiy ibora bo’lib, biznesmenlarning tashqi qiyofasi,
kiyimi va kiyinishi, tozaligi, yurish–turishi, hatti–harakati, muloqot qilish
va har xil vaziyatlarda etiket qoidalari bo’yicha o’zini tuta olish kabi
tushunchalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biznesmenlar,
umuman odamlar, to’g’risidagi umumiy tasavvur ularning hamkorlar va
boshqa suhbatdoshlar bilan muloqotga tushish, tashqi qiyofasini,
kiyinishini, maxsus tadbirlarda, jamoat joylarida, ko’chada va uyda
yurish–turishlarini
hamda
hatti–harakatlarini
kuzatish
natijasida
shakllanadi. Biznesmen to’g’risidagi shakllangan umumiy tasavvurning
to’planib va jamoat ongida o’rnab qolishida ommaviy axborot vositalari,
tanish–bilishlari hamda biznesmen faoliyati va korxonasi to’g’risidagi
reklama katta ahamiyatga ega.
Ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi qiyofasi va
kiyinish tarzi katta rol uynaydi. Shu sababli ham biznesmenning tashqi
qiyofasini shakllantirish, yuz–ko’z tuzilishiga qarab kiyimlari rangini,
bichilishini va tikilishini tanlash hamda uni kiyish masalalari bo’yicha
maxsus mutaxassislar shug’ullanadi. Ular imijmeykerlar deb ataladi.
Imijmeykerlar deganda davlat arboblari, siyosatchilar, artistlar,
biznesmenlar kabi kishilarning reklamasi bilan shug’ullanadigan, obro’sini
oshirish, shuhratini mustahkamlash uchun samarali imij strategiyasini,
taktika va texnologiyasini ishlab chiqaradigan mutaxassis kishilar
tushuniladi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |