3.3. Biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar
Insonga, ayniqsa yoshlarga xos shunday xususiyatlar borki, u
keraklisiga ko’ra keraksiz ma’lumotlarni o’ziga juda ham tez qabul
qilishadi. Vaqtning o’tishi bilan ular odatga aylanib boradi. Buni odam
sezmay ham qoladi. Bunday odatlar sohibiga sezdirmasdan o’zlarini
boshqalarga doimo ko’z–ko’z qilib turadi. Agar biznesmenlarda bunday
odatlar shakllangan bo’lsa, ularning hamkor va boshqa suhbatdoshlari
oldida ijobiy taassurot qoldirish bo’yicha barcha harakatlarini puchga
chiqaradi.
Imijni shakllantiruvchi va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari yuqorida
ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilish bilan bir qatorda mumkin qadar yomon
odatlarni namoyon qilmaslikka harakat qilishni talab qiladi. Bunday
yomon odatlar quyidagilarga o’xshaganlardan iborat: vaziyatlarni hisobga
olmasdan har xil gaplarni gapiraverish, ko’cha va jargon so’zlarni
ishlatish, doimo miyig’idan kulaverish, yonida o’tirganlarga va
suhbatdoshlarga qo’li bilan teginaverish, qo’lini doimo cho’ntakka solib
yurish, saqqich chaynash, dazmollanmagan kiyimlarda va tozalanmagan
tuflida yurish, ish va suhbatlarga sport kiyimlarini kiyib kelish, to’xtovsiz
sigaret chekish, ertalabdan pivo yoki aroq ichib ishga kelish, tish va og’iz
bo’shliqlarini tozalamaslik va boshqalar. Shunday salbiy omillarning
oldini olishga imkon beradigan ba’zi bir tavsiyalarni ko’rib chiqamiz.
18
Aksariyat kishilarning so’z boyligi, imo–ishoralari va gapirish usuli
ota–ona, o’rtoqlari, tengqurlari va ko’cha ta’sirida shakllanadi. Har qanday
odam ham qandaydir darajada atrof–muhit mahsuloti hisoblanadi. Shu
boisdan ham hamkor va boshqalar bilan bo’ladigan suhbatlarda,
birinchidan, vaziyatni hisobga olgan holda kerakli so’z va gaplarni tanlab
gapirish, so’zlarning oxirini “yutmasdan” aniq va ravon talaffuz qilish,
ikkinchidan, ko’cha va jargon so’zlarni ishlatmaslik lozim, chunki ko’cha
va jargon so’zlarning ishlatilishi biznesmenning madaniyati pastligidan
darak beradi va imijini pasaytirib yuboradi.
Ba’zi bir kishilar juda ham ko’p kulishadi albatta, kulgi insonga xos
yaxshi fazilatlardan biri. Lekin kulish ham har xil bo’ladi. O’z mavridida
tabassumli kulish odamlarga malham beradi, kayfiyatini ko’taradi,
suhbatning ijobiy borish garovi hisoblanadi. Lekin ba’zi bir kishilar borki,
insonlar qalbida nafrat o’yg’otadi. Bunga miyig’idan bo’lar bo’lmasga
kulaverishi misol bo’ladi. Aksariyat kishilar bunday kulgi turiga ustidan
mazax qilish deb qaraydi. Shu sababli ham suhbat davrida miyig’ida kulish
odati bor kishilar o’zlarini kulgidan tiyganlari yaxshiroq bo’ladi.
Darslikning bundan keyingi mavzularida biznesmenlarning tashqi
qiyofasiga qo’yiladigan talablar batafsil ko’rilib chiqiladi. Lekin bu yerda
shuni ta’kidlash kerakki, biznesmenning tashqi qiyofasi uning mavqyeiga
ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’z qaddi–qomatiga,
yuz – tuzilishiga yarashmagan, dazmollanmagan kiyimlarni kiyish,
tozalanmagan oyoq kiyimlarida yurish, soqol–mo’ylovlari va sochlarini
olmaslik, taramaslik, kattaligi, rangi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha
o’ziga yarashmagan taqinchoqlarni taqib yurish, ayol biznesmenlar uchun
esa tizzasidan baland yubka, o’ta tiniq materiallardan tikilgan va tor
ko’ynak va yubkalarni kiyib yurish va shunga o’xshagan etiket qoidalariga
zid harakatlari biznesmenlar to’g’risida yomon ta’ssurot qoldiradi va
ularning imijiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Saqich chaynash odamlar o’rtasida eng keng tarqalgan salbiy
odatlardan biri hisoblanadi. Afsuski, bunday odat bugungi kunda
ko’pchilik biznesmenlarga ham xos. Lekin saqich chaynamang deb aytish
mumkin emas. Faqat shuni hisobga olish kerakki, ish va suhbat davrida
saqich chaynash xalqaro tajribada malaka va madaniyat pastligining
belgisi deb qaraladi. Saqich chaynamasdan turaolmaydigan kishilar ishdan
keyin ertalabgacha chaynayverish mumkin.
Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra biznesmenlar suhbat davrida o’z
qo’llarini stol ostida ushlashlari kerak. Lekin ko’pchiligimizda shunday
odat shakllanganki, qo’llarimizni stol tagida emas, cho’ntakda ushlaymiz.
19
Angliyada etiket sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatganki,
qo’li cho’ntagida bo’lgan kishilar to’g’risida faqat quyidagicha salbiy
natija olingan: bunday odamlar hamma gaplarni aytmaydigan yoki
pastkash insonlar deb hisoblanadi. Eng yaxshisi, qo’lni stol tagida yoki
ustida ochiq saqlagan yaxshi.
Birinchi uchrashuv va tanishuvlarda boshqalarga teginishning yagona
shakli qo’l berib ko’rishish hisoblanadi. Boshqa vaziyatlarda teginish (qo’l
bilan yelkalariga qoqib qo’yish, tirsak bilan urish, chimchilash, umuman
qo’l bilan teginish) o’ta madaniyatsizlik va shilqimlik belgisi deb qaraladi.
Eng yaxshisi, bunday odatlarni esdan chiqarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |