BARKONIY, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ad-Barkoniy (948 - 1034) - shofi’iylikdagi
mashhur muhaddis, mufassir, faqih, adib va shoir. Xorazmdagi Kot (Kas) sh. atrofidagi
Barkon qishlog‘ida tug‘ilgan. B. fiqhni dastlab Xorazmda o‘rganib, so‘ngra Xuroson va
Iroq sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan. Bag‘dodda yashagan va jome masjidi qoshidagi
qabristonga dafn etilgan. B.ning 5 ustozi va 5 shogirdi bo‘lib, fiqhga doir 3 ta asar
yozgan.
BARO’ ibn OZIB, to‘liq ismi Abu Amr al-Baro’ ibn Ozib ibn al-Xoris al-Ansoriy al-Avsiy
(7-a.) - sahoba. Badr jangiga. bormoqchi bo‘lganida Rasululloh (sav) uni yoshligi tufayli
jangdan qaytarganlar. Muhammad (sav) bilan birga 14 ta g‘azotda, u zot vafotlaridan
so‘ng Ray sh.ni fath etishda (644) qatnashgan. Keyinchalik Ali bilan birga Jamol, Siffin
va Nahravon janglarida jasorat ko‘rsatgan, ko‘p hadislar rivoyat qilgan. Mus’ab ibn az-
Zubayr zamonida (689-691) vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |