BARAKA - islom ilohiyotida biror ishga Allohdan rivoj tilash, oq fotiha berish mazmuniga
ega bo‘lgan tushuncha; xayrli istak va qo‘rqut. Qur’onda B. uch harf, ya’ni BRK ildizidan
chiqqan bir qancha so‘z va tushunchalardan iborat. B. so‘zi ko‘plik shaklida barakot deb
yuritiladi. Qur’onda keltirilishicha, B.ning nozil etuvchisi Alloh bo‘lib, u B.ni
payg‘ambarlarga (Iso - 19:31/ 32, Muso - 27:8, Ibrohim, Ishoq - 37:113) va ularning
yaqinlariga (11:48/50, 76/73) ato etgani zikr etiladi. B. istagi musulmonlar o‘rtasidagi
an’anaviy salom-alikning tarkibiy qismiga aylangan. Oddiy xalq tilida B. mehnat va
faoliyatda, hosil va daromadda unum, mo‘l-ko‘llik ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |