AHROR (arab. - "hur" so‘zining ko‘pligi) -islomda "hur", "ozod" ma’nolarini anglatuvchi
tushuncha. Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga "hur" unvoni beriladi.
Birinchisi - hayvoniy va shahvoniy his-tuyg‘ularni yengib, ularning asirligidan qutulish.
Bu martaba nomi - "hurriyati omma". Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchisi - ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu - "hurriyati xossa" atalib, u
tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi - barcha dunyoviy taqlid,
an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu - "hurriyatu xossatil-xossa" atalib, u
tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |