www.ziyouz.com kutubxonasi
341
G’ANIMAT (arab. g‘anima - o‘lja) - harbiy o‘lja; islom an’anasida musulmon qo‘shinlari
yov bilan jang qilganda qo‘lga kiritilgan barcha boyliklar va asirlar. G’azavot va jihod
urushlarda R. olish shariatda qonuniy deb belgilangan, G’.ning beshdan bir qismi davlat
xazinasiga (q. Xums) topshirilgan, qolgani lashkarboshilar va lashkarlar orasida
taqsimlangan.
G’IJDUVONIY Abdulxoliq, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Rijduvoniy (1103 - 1179) -
xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschisi; buxorolik 7 pirning birinchisi. Xojai Jahon
nomi bilan ham mashhur. Rijduvon (Buxoro yaqini)da imom oilasida tug‘ilib, islomiy
tasavvur va urf-odatlar muhitida tarbiya topdi. 22 yoshida Buxoroga keldi va Yusuf
Hamadoniyning muridi bo‘ldi. R. dunyoqarashining shakllanishida malomatiylar ta’limoti
va qalandarlik harakati ta’sir ko‘rsatdi. U zohidlikda yashashni, shariat ko‘rsatmalari,
Payg‘ambar sunnatlariga qatiy amal qilishni targ‘ib etdi.
U butun hayotini Alloh yo‘liga bag‘ishlab, farz va sunnat amallarini bajarib, ibodatu
riyozat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yusuf Hamadoniyning so’fiylik ta’limotini zikri xufiya
(so‘zsiz, fikriy zikr tushish) bilan boyitdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha
(qonun-qoida)sini shakllantirib berdi. Bu rashhalar har nafasni zoe ketkazmaslik, har
qadamni to‘g‘ri bosish, azizlarning xizmatida bo‘lish, har bir ishda Haq taoloni yoddan
chiqarmaslik, tildan qo‘ymaslik, niyatda mustahkam bo‘lish kabilardir. R. ta’limoti
naqshbandiylik tariqatiga asos bo‘lgan. Bahouddin Naqshband R.ning axloqiy talablariga
yana 3 talab qo‘shgan. R.ning "Vasiyatnoma" risolasi Toshkentda 1993 y. chop etildi.
Uning Rijduvon sh.daga qabri tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi. Bizgacha "Risolayi odobi
tariqat", "Risolayi sohibiya", "Vasiyatnoma" va b. asarlari yetib kelgan. 2003 y.da R.ning
900 yillik yubileyi nishonlandi. R. yodgorlik majmui qayta ta’mirlandi.
G’OZIY (arab. - jangchi, harbiy yurish ishtirokchisi) - islom dini uchun "muqaddas
urush" (g‘azavot) ishtirokchisi. Islom an’anasida R. Alloh yo‘lida jang qiluvchi, bunday
jangda o‘lgan shahid, o‘ldirgan G’, ya’ni begunoh, g‘olib deb ta’riflangan.
G’ULOT (arab. g‘oliy - chegaradan chiqqan) -islom dini ta’limotvda juda chuqur ketgan
firqalarning umumiy nomi. Ayrim islom ilohiyotchilari shialikdan ajralib chiqqan, lekin
o‘zlarini musulmon deb hisoblaydigan firqalarning ko‘plari (ismoiliylar, nusayriylar va
b.)ni ham R. firqalar deb ta’riflaydi va ularni musulmon hisoblamaydi. Hozirda
ekstremistik harakatdagi toifa oqimlar ham R. hisoblanadi.
G’USL (arab. - cho‘milish) - pok bo‘lish uchun maxsus tartibda ' obdon yuvinish. R. jimo
(jinsiy aloqa), biror sabab bilan maniy (shahvat)ning chiqishi, ehtilom (uyquda
maniyning chiqishi) kabilar natijasida farz bo‘ladi. Hanafiylik mazhabida G’.ning farzlari
uchta - og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish, burunni tubiga yetkazib chayish va tamomi
badanga suv yetkazish. Bitta tukning o‘rnicha joyga suv tegmay qolsa ham G’.
mukammal hisoblanmaydi. Boshqa mazhablarda og‘iz-burun chayqash farz emas.
Islomda loaqal bir haftada bir mahal (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari G’. qilish
sunnat sanaladi. G’. "katta tahorat" deb ham ataladi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |