ZAHABIY, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad (1274, Damashq -1348) -
mashhur tarixchi va muhaddis. Damashq va Qohira madrasalarida tahsil olgan, so‘ng
Damashq madrasasida mudarrislik qilgan. Islom olamida tarix va hadis allomasi sifatida
shuhrat qozongan. 12 jildli "Tarix al-Islom" ("Islom tarixi"), "Al-Ibar" ("Ibratlar"), "Siyar
an-nubalo" ("Olijanob kishilar siyratlari"), 'Tabaqot al-huffoz" ("Hadis hofizlari
tabaqalari"), "Tabaqot al-qurro’" ("Qorilar tabaqalari"), "Miyzon al-i’tidol fiy naqd ar-
rijol" ("Hadis roviylariga baho berishning adolatli mezoni") kabi islom tarixi va hadisga
doir ko‘plab asarlar yozgan. Bulardan eng mashhuri "Tarix al-Islom" asari bo‘lib, unda
O’rta Osiyo, jumladan Movarounnahr tarixining o‘rganilmagan jihatlarini
oydinlashtiruvchi ko‘plab muhim ma’lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |