XALIFALIK - Payg‘ambar (sav)dan noib bo‘lib, din ishlarini, diniy ilmlarni tarqatish,
Islom arkonlarini qoim qilish, jihod olib borish, unga tegishli: lashkar tayyorlash,
jangchilarga maosh berish, tushgan o‘ljani bo‘lib berish kabi ishlarni, hozirlik ishlarini,
hadd-shar’iy jazolarni qoim qilish, zulmlarni ko‘tarish, amri ma’ruf, nahiy munkarni
yo‘lga qo‘yish kabi davlat ishlaridagi rahbarlik ("Izolatul Xafo" 1-2). X. to‘rt yo‘l bilan
sobit bo‘ladi: 1-Musulmonlarga fikri va nasihati o‘tadigan, axli hill va akd (halol va ish-
so‘zi bir) bo‘lgan ulamolar, boshliqlar va askarboshilarning bay’ati bilan sobit bo‘ladi.
Abu Bakr (ra)ning Xlari shu yo‘l bilan sobit bo‘lgan. 2-Xalifa odamlarga vasiyat qilib o‘z
o‘rniga bo‘ladigan odamni tavsiya qilishi. Hazrati Umar (ra)ning X.lari shu yo‘l bilan sobit
bo‘lgan. 3-Xalifa saylash uchun Sho‘ro majlisi tuzish. X,azrati Usmon (ra) va hazrati Ali
(ra)ning Xlari shu yo‘l bilan sobit bo‘lgan. 4-X. shartlariga ega odamning odamlarga
boshliq bo‘lib olishi bilan. Payg‘ambar (sav) xalifalaridan keyingi xalifalar shu yo‘l bilan
bo‘lgan. ("Xujjatullohi Bolig‘a" 2-738). Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (ra)lar roshid
xalifalar va hidoyatli imomlar bo‘lib, Rasululloh (sav) ularga ishorat qilganlar va
odamlarni ularga itoat qilishga va sunnatlarini tutishga amr qilganlar. Hasaanning X.
muddatlari olti oy. Ulardan so‘ng musulmon podshohlarning birinchisi Muoviya.
Hasan unga X.ni topshirgandan so‘nggina haqiqiy xalifa bo‘lgan. Hasanga otasining
o‘limidan keyin Iroq ahdi bay’at qilgan edi. So‘ngra olti oydan keyin u kishi ishni
Muoviyaga topshirdilar. Shu bilan Payg‘ambar (sav)ning Hasan haqlarida: "Albatta,
mening bu farzandim sayyiddir. Alloh uning sababidan musulmonlarning ikki katta
guruhi orasini isloh qiladi", degan gaplari rostligi zohir bo‘ldi (Buxoriy va Muslim rivoyat
qilganlar). Keyin X. Muoviya ibn Abu Sufyonga va undan umaviylar sulolasiga o‘tdi.
So‘ng abbosiylar va ulardan keyin usmoniylar xalifaligi bo‘ldi. X. Mustafo Kamol Otaturk
tomonidan tugatildi.
XANDAQ JANGI (arab. - chuqur) -Muhammad (sav) rahbarliklaridagi musulmonlar
bilan makkalik mushriklar o‘rtasidaga jang. 627 y.da makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10
mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad (sav) tarafdorlari
Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3
haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qo‘shinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi,
musulmonlar g‘olib chiqadi. Bu islom tarixida X.j. deb nom oladi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |