Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
310
- X -
XABAR (ko‘pligi axbor; "darak", "yangilik", "hikoya") - Muhammad (sav)ning so‘zlari va
xatti-harakatlari haqida rivoyat (bu ma’noda sinonimi hadis, asar) - Qur’on va hadislarda
bu so‘z o‘zining odatdagi - "darak", "bildirish" ma’nosida qo‘llanilgan; al-Buxoriy
davridayoq (9-a.) ayrim hadislar axbor deb ko‘rsatilgan. Shialikdagi hadislar to‘plamlari
ham Axbor deb ataladi.
X. istilohi, shuningdek, ayrim tarixiy voqea yoki fakt, tarjimai holga doir ma’lumot,
odob-axloq yoki dunyoviy xarakterdagi ko‘ngal ochdi hikoyalar ma’nosida ham
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: