www.ziyouz.com kutubxonasi
306
umuman ma’naviy taraqqiyotning boshqa ko‘p ko‘rinishlari "bid’at" ( keyin kirib kelgan
yangilik) deb sanaladi. Vahhobiylar "dinni tozalashga, Muhammad davrvdagi asl holiga
keltirish"ga harakat qiladi.
V.da g‘ayridinlarga, "ilk islom ahkomlaridan chekingan" musulmonlarga qarshi kurash
alohida o‘rin tutadi. Ularning da’vatini qabul qilmaganlarning barchasi go‘yo "kofir"dirlar.
Dastlabki vahhobiylar imon masalasida o‘ta mutaassibchilik, siyosiy raqiblar bilan
kurashda esa, oshkora ekstremizm bilan ajralib turganlar. V. ta’limoti o‘sha paytdayoq
norozilik tug‘dirgan. Ibn Abdulvahhobni hatto Uyaynadan quvib chiqarishgan. Ammo bu
ta’limot Arabiston ya. o.ning markaziy qismvda o‘sha davrdagi mavjud muhit uchun qo‘l
kelib qoldi. Zero, bu yerda bir necha mayda sulolalar tomonidan boshqarilgan amirliklar
doimo o‘zaro nizolashib kelardilar. Shunday sulolalardan biri - saudiylar - taxm. 4 a.dan
beri ad-Dir’iyani o‘zlariga markaz qilib olib, atrofdagi amirliklarni birlashtirishga harakat
qilardilar. Amir Muhammad ibn Saud (1725-1765) bu ishda V. ta’limotidan foldalandi.
Muhammad ibn Saud va uning o‘g‘li Abdulaziz vahhobiylar bayrog‘i ostida yarim orolning
katta qismini kuch bilan egallab, birinchi saudiylar davlatini barpo qildshtar. Ammo bu
davlat 19-a. boshida misrliklar istilosi natijasida quladi. V. Imom Sannusiy vositasida
Jazoirda, Muhammad Abduh yordamida Misrda, Sharqiy Afrikaning Zanzibar
mamlakatida tarqala boshladi, Sayid Ahmad esa, Panjob va Shim. Hindistonda
vahhobiylar davlatini barpo qilishga uringan. Ayni vaqtda V. Arabiston ya. o.dan
tashqarida - Hindiston, Indoneziya, Sharqiy va Shimoliy Afrikada yoyila boshladi. 20-a.
boshida Abdulaziz ibn Abdurahmon saudiylar davlatini tiklash uchun boshlangan
harakatga rahbarlik qildi va hoz. Saudiya Arabistoniga asos soldi.
V. xatarli, reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Vahhobiylar odatda terror yoki davlat
to‘ntarishi yo‘li bilan hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. 19-a.ning 70-y.larida
Hindiston vahhobiylari Kalkutta bosh sudyasi Normanni o‘ldirish bilan "shuhrat"
qozondilar. 1979 y. noyabr oyida saudiyalik vahhobiychi Juhayman al-Utaybiy guruhi
musulmonlarning eng muqaddas - Makkai mukarrama sh.dagi "Masjid al-Haram"ni bosib
oldi. Masjidni egallagach, bu yerga kelishi kutilgan podshoh Xolidni bandilikka olish,
oralarvda bo‘lgan "Mahdiy rahbarligida umumxalq qo‘zg‘olonini ko‘tarish, dastlab
Saudiya Arabistoni, so‘ng boshqa mamlakatlarda ham "haqiqiy" islom g‘alabasiga
erishish rejalashtirilgan edi. Saudiya xukumati frantsuz jandarmeriyasining
mutaxassislari yordamida ikki haftadan ortiq muddatda bu harakatni bostirdi. Rasmiy
ma’lumotlarga ko‘ra, vahhobiylardan 117 kishi o‘ldiriddi va 143 kishi hibsga olindi, ayni
vaqtda hukumat kuchlaridan 127 kishi halok bo‘ddi va 451 kishi yaralandi.
V. muayyan ko‘rinishda O’zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib ular 1989 y.
Namangan sh.dagi "Otavalixon" masjidini o‘zlariga qarorgoh qilib oldilar, so‘ng 1989-
1990 y.larda Qo‘qon va Andijon shaharlarida "Jome" masjidlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan
egalladilar. 1995 y. bu ikkala masjid faoliyati adliya boshqarmalari tomonidan
to‘xtatilgach, vahhobiylar respublika bo‘ylab yoyilib ketdilar. O’zbekistondagi vahhobiylar
uzun soqol qo‘yish, namozda ikki oyoqni keng kerib qiyom turish, qo‘llarni ko‘krakda
bog‘lab turish, baland ovozda "omin" deyish bilan hanafiylik mazhabidagilardan ajralib
turadilar. 1997 y. dek.da Namangan sh.da sodir etilgan qotilliklar ularning amaliy "ish
uslublari" sifatida namoyon bo‘ddi. O’zbekiston hukumatining izchil siyosati V.
ko‘rinishidagi diniy ekstremizm va aqidaparastlik yoyilishining oddini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |