VAHDATI VUJUD (arab. - birlik va borliqning bir butunligi) - abadiy yagona Allohgana
bor, deb hisoblovchi ta’limot. Bu ta’limotga ko‘ra, moddiy olam, narsalar dunyosi haqiqiy
emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shu’lasidir.
V.v. namoyandalari (Ibn Arabiy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb
hisoblashgan. V.v. ayniqsa 17-19-a.larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng
tarqalishiga sabab bo‘lgan.
VAHDATI MAVJUD (arab. - mavjudot birligi) - Alloh bilan birga yagona moddiy olam
bor, deb hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatni abadiy deb biladi. Alloh
olamning o‘zida, unga singib ketgan deb qaraydi. V.m. vakillari odam bu dunyodan voz
kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg‘a suradi.
Hindistonda V.m. qadimdan mavjud bo‘lib, olamni moddiylik asosida tushunishga
ustuvor tsarajada ahamiyat bergan. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon ruhoniylari bu
ta’limotga shubha va ehtiyotkorlik bilan qarashgan edi. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil
bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. V.m. namoyandalari fikricha, tabiat abadiy,
undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘liq, dunyo hamisha o‘zgarish, rivojlanish holatida
turadi. V.m. tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi
uchun falsafiy asoslar yaratib berdi.
VAHDONIYAT (arab. - yakkalik, yagonalik) -Allohning yakka-yagonaligani tanish va
e’tirof etish. Islomning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik
g‘oyasini himoya qilsa ham, bu dinlarda V. uzil-kesil shakllanmagan. Qur’oni karimda
aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning o‘g‘li
deb e’tiqod qilinadi (9:30). "Ixlos" surasida V. yaqqol va ravshan bayon qilingan.
"Anbiyo" surasida esa, "Agar (osmonu zaminda) Allohdan o‘zga xudolar bo‘lganida har
ikkisi buzilib ketar edi", deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga
qarshi qaratilgan edi. Ko‘pxudolik e’tiqod shaklida tugab ketganiga qaramay, kishilar
ongida turli ko‘rinishda paydo bo‘lib turadi. Hoz. zamonda islom olamida ko‘pxudolik
aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Ko‘pxudolik xalqdarni bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa, ularni birlashtirishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |