USUL al-FIQH (arabcha - fiqh "ildizlari", asoslari) — musulmon huquqi asoslari (fiqh-
huquq), huquq uslubiyati (fiqh-huquqshunoslik): 1) Qur’on; 2) sunna; 3) ijmo’; 4) qiyos.
Ana shu to‘rt "ildiz" asta-sekin barcha islom maktablari tomonidan e’tirof qilindi, ammo,
so‘nggi ikki "ildiz"ning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari har xil
talqin qiladilar. 8-9-a.larda fikl rivojlanishi va asosiy diniy huquq maktablari
rasmiylashuvi bilan birga U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi tarkib topdi. Bu esa,
huquqning asta-sekin diniy-estetik qadriyatlarga va oliy maqsadlarga bo‘ysunishi, uning
musulmonlar zimmasiga yuklangan majburiyatlar majmuasiga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi.
Ayni vaqtda ayrim musulmon faqihlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va
shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh me’yorlarini pirovard
natijada xudoning vahiysi deb hisobladilar. U. al-f. kontseptsiyasining rivojlanishi avvalo,
Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi bilan bog‘liq. U "Kitobil-umm"
to‘plamiga kirgan "ar-Risola" asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi hamda birinchi
bo‘lib fiqhni aniq-tiniq ta’riflab, uning manbalari tizimini ishlab chikdi (q. Shofi’iylik). U.
al-f.ning klassik nazariyasi shunga asoslanadiki, Qur’on va sunna (payg‘ambarning
hadislari) fiqhning asosiy manbalaridir, chunki, ular aniq-ravshan fe’l-atvor qoidalarini
bevosita o‘z ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini
ko‘zda tutadi. Ijmo’ uchinchi manba hisoblanadi, bu ibora bora-bora Qur’on va sunnada
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etib berilmagan masalalar yuzasidan eng e’tiborli huquqshunos -
mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bo‘ldi. Qur’on va sunnada aniq javob
berilmagan savollarni o‘xshashligaga qarab hal etish usuli - qiyos fiqhning to‘rtinchi
manbai deb e’tirof qilinadi. Bundan tashqari U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi huquqiy
yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qo‘shimcha fiqh manbalari sifatida
foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Qiyos kabi ular ham avval boshdanoq ko‘zda tutilgan asosiy
manbalari deb va ijtihodga kiritilgan aniklik deb hisoblanadi. U. al-f. nazariyasi
musulmon huquqi tafakkurining turli yo‘nalishlari (oqimlari) tomonidan har xil talqin
etiladi. Mazhablarga xos bo‘lgan qarashlardagi tafovutlar ularning fiqh manbalari, shu
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |