USHR (arab. - o‘ndan bir) - musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba’zan pul
bilan) davlat foydasiga, ba’zan kambag‘al, yetim-esirlar hisobiga undirilgan soliq. Har yili
dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. U. olingan yer-suv "mulki ushriya" deb atalgan.
Turli davrlarda U. shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra o‘zgargan. Mas., Usmonli turk
imperiyasida - o‘nta, o‘ntalik, salariy’a; Eron, Buxoro amirligi va b. joylarda - dahyak
deb yuritilgan. Keyinchalik yangicha daromad solig‘i joriy etila boshlagach, U. ba’zi joyda
(1918 y. Jazoirda, 1925 y. Turkiyada, 1935 y. Tunisda) bekor qilindi. Ammo ayrim
musulmon davlatlarida hozir ham mavjud. Urta Osiyoda 20-a. boshigacha U. saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |