TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI - oliy o‘quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 y. 7 apreldagi
Farmoniga binoan tashkil etilgan. Asosiy vazifasi va maqsadi - islom diniga oid boy va
noyob ma’naviy-madaniy merosni chukur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga
yetkazish, shu sohada yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlash. Un-tning f-tlari:
islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar. Uquv bosqichlari:
bakalavriat - 4 y.; magistratura - 2 y. Un-tning kafedralari - dinshunoslik,
islomshunoslik; demoqratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; falsafa; islom
huquqi; xalqaro iqtisodiy munosabatlar; sharq tillari; g‘arb tillari; informatika va tabiiy
fanlar; jismoniy tarbiya hamda jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha YuNYeSKO
kafedrasi. Un-tda 500 dan ziyod talaba tahsil olmoqda (2003 y.). Un-t tarkibida
Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqtsa. Uning bo‘limlari: Qur’on,
tafsirlarni o‘rganish; islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh); ma’naviyat, madaniyat va
san’at; manbashunoslik va qo‘lyozmalarni o‘rganish. Un-tda gimnaziya va akademik
litsey mavjud. Un-tda "Sharqshunoslik fanlari" sohasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari
himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-tda manbalar xazinasi tashkil etilgan. U
mamlakatimiz va xorijda mavjud bo‘lgan qo‘lyozma va nodir kitoblar bilan boyitilmoqda.
Sharq va G’arb tillarini o‘qitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlangan.
Hoz. kunda un-t AQSh, Angliya, Frantsiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr
Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va b. davlat un-tlari hamda i. t.
markazlari bilan aloqalar o‘rnatgan.
TULAYHA (Talha ismining kichraytirilgan shakli) - Talha ibn Xuvaylid (7-642(645) -
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabistonda paydo bo‘lgan soxta payg‘ambarlardan
biri. T. Asad qabilasi lashkarboshilaridan bo‘lib, musulmonlar bilan 626 va 627 ylardaga
janglarda qatnashgan. O’tkir zehni va bashorat qilishi bilan shuhrat qozongan. 631-632
y. sahroda nogahon quduq topib olgach, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. U o‘ziga
Alloh nomidan farishta yoki Zu-n-Nun ismli shaxs vahiy keltirishini aytgan; arablarning
kelajakdagi g‘alabalari, xususan ularning Suriya va Iroqni zabt etishlarini bashorat
qilgan. O’z qo‘l ostiga Asad, Fazora va Tayy qabilalarining bir qismini to‘plab,
Muhammad (sav) bilan muzokara olib borishga harakat qilgan. Ba’zi ma’lumotlarga
ko‘ra, u Madinada islomni qabul qilgan, so‘ngra undan voz kechgan. 632 y. Muhammad
(sav) vafotidan so‘ng T. qo‘shini Xolid ibn Valid qo‘mondonligi ostidaga qo‘shin
tomonidan tor-mor qilingan. T. qochgan, yashiringan, so‘ngra islomni qabul qilgan va
Suriya va Iroqni fath etilishida qatnashgan.
TUMOR (arab. - o‘rog‘liq xat, noma, yozuv) -xalq tasavvurida g‘ayritabiiy, sehrli kuchga
ega bo‘lgan, egasini ofat va falokatlardan, yomon ko‘zlardan asraydigan ashyo, bitik.
Islom aqidasiga ko‘ra, T.ga oyat yoki hadislardan olingan duo va iltijoga oid iboralar
yozilgan bo‘lsa, uni taqishning zarari yo‘q. Faqat uni toza saqlash, oyoq osti qilmaslik
shart hisoblanadi. Yana T.ning o‘zi emas, balki unda yozilgan bitiklar sharofatidan Alloh
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |