www.ziyouz.com kutubxonasi
295
- U -
UVAYS QARANIY (? - 657) - so’fiylikdagi uvaysiya tariqati asoschisi. Muhammad (sav)
davrlarida yashagan bo‘lsa ham u zot'bilan uchrashmagan. Rivoyatlarga ko‘ra,
Rasululloh (sav) Uhud tog‘i etagidagi jangda (625 y.) muborak ikki tishlaridan
ajralganlarida (boshqa manbalarga ko‘ra oldingi pastki jag‘laridaga bir tishga tosh tegab
maydalab yuborgan) bundan xabar topgan. U.Q Muhammad (sav)ga bo‘lgan yuksak
hurmati yuzasidan, ul zotga dushmanlar yetkazgan sitamni o‘zida sinash maqsadida
avval bir tishini, so‘nfa shubhaga o‘rin qolmasliga uchun o‘zining barcha tishlarini
sug‘urib olgan. Muhammad (sav) unga sahobalar qatoriga qo‘shilishini taklif etganlar.
Uvays 70 yoshli onasidan Rasululloh (sav) huzurlariga borishga izn so‘ragan. Onasi
undan payg‘ambar (as)dan bu hakda so‘rashni maslahat qilgan. Muhammad (sav) keksa
onaning xizmatini ado etish barcha narsadan a’lo ekanligini aytib, unga onasining yonida
qolishga ruhsat berganlar. Muhammad (sav) vafotlari oldidan hazrati Aliga xirqalarini
U.Q.ga topshirishni vasiyat qilganlar. U.Q. Ali(kv)ning Muoviya bilan bo‘lgan Siffin
jangada xalok bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, U.Q. Xo‘tanda vafot etib, shu yerga
dafn etilgan.
UZAYR - Qur’onda nomi zikr etilgan shaxs; yahudiylar uni Allohning o‘g‘li sanashlari
musulmon aqidasiga ko‘ra, xuddi xristianlarning Isoni Xudoning o‘g‘li deyishlari kabi
jinoyat hisoblanadi. Qur’onda bir marta eslatilgan: "Va yahudiylar aytdilar: "Uzayr -
Allohning o‘g‘li". Va xristianlar aytdilar: "Xaloskor - Allohning o‘g‘li" (9:30). Odatda U.
Bibliyadagi payg‘ambar Ezra bilan aynan hisoblanadi, Yahudiylar Nuh kemasi va Tavrotni
yo‘qotgach, U.dan Tavrotni o‘rganganlar, bu bilimni esa, U.ga Alloh tushirgan. Kema
qaytgach va Tavrotning asl matni qo‘lga tekkach, U. aytgan barcha narsalar to‘g‘riligi,
unga mos kelishi aniq bo‘lgan. Bundan hayratga tushgan isroilliklar U.ni ilohiy -
Allohning o‘g‘li deb bilganlar.
UZZO ("Qudratli ayol xudo") - qad. arab ma’budasi; 5-6-a.larda Arabistonning ko‘p
yerlarida, xususan Hijoz, Xiro, Nabateyada U.ga topinilgan. Makka yaqinidagi Xurad
vodiysi Suriya va Iroqqa boradigan savdo yo‘lining boshida joylashgan bo‘lib U.ga
topinishning asosiy markazi hisoblanadi. U. ibodatxonasi (al-Uzzo as-Sa’ida) "muqaddas
hududda" joylashgan bo‘lib, unda uchta muqaddas narsa -samura (akatsiya), muqaddas
tosh, bino (bayt) bo‘lgan. U yerda qurbonliklar qilinib olihadan ko‘mak so‘rashgan, uni
muntazam ziyorat qshshb turishgan. U. qurayshiylarning uchta asosiy ma’budalari (al-
Lot, Manot bilan birga)dan biri bo‘lib, ba’zan al-Lot va Manot U.ning qizlari deb atalgan.
Makka fath etilgandan so‘ng Muhammad (sav) topshiriqlariga ko‘ra Xolid ibn Valid U.
ibodatxonasini buzib, daraxtlarni chopib tashlagan.
UZLAT (arab. - chekinish; kishilardan chetlashish; uzlat etish - yolg‘izlikni ixtiyor qilish)
- xoli joy; tanholik; hech nimaga bog‘lanmaslik; dunyoning xilma-xil g‘avg‘olaridan
forig‘lik. So’fiylar uchun Muhammad (sav)ning Hiro tog‘ida o‘tkazgan U.dagi hayotlari
ibrat va namuna bo‘lgan. Tasavvufda U. deyilganda shayx, pir, murshid rahnamoligi va
ko‘rsatmalariga binoan muridning maxsus bir gushada berkinib, ibodat va zikr orqali
Alloh bilan zohiran aloqa bog‘lashi tushuniladi. Kamida 40 kun davom qiladigan bu
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |