SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar bilan fath etilgan viloyatlar aholisi
o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar bilan tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat
yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir
necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha
paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining
hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari saqlab qolinishi
kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda
musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat
bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan.
Qutayba ibn Muslimning Samarqand bilan tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil
sanab o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |