SUYUTIY (to‘liq ismi Jaloliddin Abulfazl Abdurrahmon Suyutiy, (? - 1505) -islom
ulamosining eng buyuklaridan biri. Zamonasidagi mavjud fanlarning har biriga oid
asarlar yozganligi bilan mashhur bo‘lgan mujtahidlardan. Ajdodi Misrga ko‘chib borib,
Suyut qasabasida o‘rnashib qolgan. Otasi Qohira qozisi edi. S. ham Qohirada tug‘ilgan.
Besh yoshida otasi vafot etgan. Otasining do‘stlaridan biri uni o‘z himoyasiga olib, ta’lim-
tarbiya bergan. U sakkiz yoshidayoq, Qur’onni yod bilgan. Tahsilni tugatgach, Shom,
Hijoz, Yaman, Hind kabi ilm markazlariga borib, mumtoz olimlarning suhbatidan
bahramand bo‘lgan. Qohiraga qaytib kelgach, Shayxuniya madrasasida saboq bera
boshlagan va shuhrati har tarafga yoyilgan. Shayxuniya mudarrisligidan ketgach,
uzlatga chekinib, hayotini ta’limga bag‘ishlagan.
Tafsir, hadis, fiqh, tarix, tarjimai hol, adabiyot va b. ilmlarga oid "Xusnul-muhodara"
nomli asarida ta’kidlashicha, uch yuzdan oshiq asar yozgan. "Mu’jamul-matbuotil-
arabiyya"ning muallifi S.ning 92 matbu (chop etilgan) asari haqida bahs yuritadi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |