SOLIMIYA - Basrada 10-11-a.da mavjud bo‘lgan ilohiyotchilar va so’fiylar maktabi,
Sahl at-Tustariy izdoshlari. Unga at-Tustariyning eng yaqin safdoshi Abu Abdulloh
Muhammad ibn Solim (909 y. v.e.) asos solgan. Ba’zi bir xususiy masalalardan tashqari
uning qarashlari ustozinikidan farq qilmagan. Muhammad ibn Solim qat’iy zohidlikni
targ‘ib etgan: o‘zini to‘liq Alloh irodasiga topshirish (tavakkul), sinoatlarga bardosh
berish, turmush qurmaslik va b. S. unga Muhammad ibn Solimning o‘g‘li Ahmad ibn
Solim rahbarlik qilgan paytda uzil-kesil shakllangan va ta’sirchan bo‘lgan. Unga ba’zi
masalalarda (xususan inson irodasi erkinligi va takdirni oldindan Alloh tomonidan
belgilanganligi o‘rtasidagi nisbat haqida) Basra mu’taziliylariga yon bosgan molikiy
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |