HULUL (halla fe’lidan - "ko‘chmoq", "joylashmoq") - bir buyumning boshqasida bo‘lishi,
joylashishi, namoyon etishi. Bu ma’noda H. istilohi Qur’onda qo‘llanilmagan. O’rta asr
musulmon ta’limotlarida H. deganda quyidagilar tushunilgan: 4) jismlar va
mavhumotlarda tasodifiy holatning bo‘lishi (hulul al-a’rod fi-l-ajsom va-l-mujarradot); b)
yaxlitda qismni; v) buyumda belgani (hulul an-no’it bi-l-man’ut); g) ruhning tanada
bo‘lishi (hulul ar-ruh fi-l-badan). Haqiqiy H. deb birining mavjudligi ikkinchisining
mavjudligiga aylangan ikki buyumni uyg‘un bo‘lishiga aytilgan.
Islomda H. tarafdorlari "o‘ta" shialar hisoblanib, ular Ali va ayrim so’fiylarni
ilohiylashtirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |