HULMONIYLAR, al-Hulmoniya - Abu Hulmon al-Forisiy al-Xalabiy (taxm. 950 y.
Damashqda v.e.) tarafdorlari. Dastlab Damashqda paydo bo‘lgan. H.ni so’fiylar qatoriga
qo‘shishgan, ular panteizmning yorqin aks etgan estetik shaklini targ‘ib etganlar. Ular bu
dunyoda go‘zallikning har qanday ko‘rinishi ilohiy mujassamotdir deb hisoblashgan. Har
qanday go‘zal deb topilgan narsaga ular sajda qilishgan. Aqoid olimlari ularni Allohni
muayyan narsalar va shaxslar bilan o‘xshatishda (hulul), shariat ko‘rsatmalariga
nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishda (ibohiya), ruhlarni ko‘chib yurishini e’tirof
etishda ayblaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |