HUBAL - qad. arab ma’budi, kinona qabilalar uyushmasi va ularning o‘troq tarmog‘i -
Qurayshiylar va Makka sh. homiysi. Rivoyatlarga ko‘ra H. kinoniylarga Shim. Arabiston
(Nabateya)dan o‘tgan. Makkada uning sanamlari beshakl tosh hamda serdolik haykalcha
ko‘rinishida mavjud bo‘lib, sindirilgan o‘ng qo‘li oltin qo‘l bilan almashtirilgan. Bu sanam
Ka’bani ichida joylashib, uning bosh ma’budi bo‘lgan. H. uchta ma’buda - al-Lot, al-Uzza
va Manatning eri, momoqaldiroq va yomg‘ir hukmdori hisoblangan. Uning haykali yonida
kamon o‘qlari yordamida fol ochishgan. Makkalik mushriklarning musulmonlar jamoasi
bilan kurashi davrida H. Allohga qarshi qo‘yilgan, biroq bu haqda Qur’onda zikr
etilmagan. Makka fathidan so‘ng H. sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |