HUD (as) - Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, u Od qavmiga
payg‘ambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilardan iborat
bo‘lib, Yaman va Ummon o‘rtasidagi Ahqof degan joyda yashagan, butlarga sig‘ingan,
yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgan H.ni tahqirlab, yolg‘onchi va aqli zaif deb
atagan. H. (as) o‘z qavmini agarda yolg‘iz Allohga ibodat qilmasalar avvalda o‘tgan
sarkash qavmlarga bo‘lgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil bo‘lishidan
ogohdantiradi. Ammo Od qavmi bari bir o‘z zalolatida davom etaverdilar va H. (as)ga
itoat etmadilar. Shu kundan so‘ng Alloh 3 yil yomg‘ir yog‘dirmay, qurg‘oqchilikka gariftor
etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. O’z qavmining imon keltirishidan umidini
uzgan H. (as) o‘ziga imon keltirgan mo‘minlar bilan Makkaga ketib o‘sha yerda vafot
etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli bo‘ron yuborib, hammalarini
halok qildi ("Al-haaqqa" surasi 6-7-oyatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |