HASHVIYLAR, al-Hashaviya (yoki ahl al-hashv) - antropomorfik (xudoni inson
qiyofasida tasavvur etuvchi) qarashlarni targ‘ib etgan musulmon an’anachilari
(traditsionalistlar)ning laqabi. 8-a.da antropomorfik iboralar qo‘llagan, Qur’on va ilohiy
takdiri azalni abadiy ekanligini e’tirof etgan "hadis tarafdorlari" (ashob al-hadis)ga
nisbatan ahl al-hashv nomi ishlatilgan. Ular qatoriga Kahmas ibn al-Hasan al-Basriy (766
y. Basrada v.e.), Ahmad al-Hujaymiy, Mudar ibn Xolid al-Kufiy va b.ni qo‘shish mumkin.
Munozara adabiyotida ahd al-hashv ko‘pincha o‘ylamasdan so‘zlaydigan kishilar,
payg‘ambarimiz Muhammad (sav)ning so‘zlari va ishlari haqida o‘z bilganicha safsata
to‘qiydiganlarga nisbatan haqoratomuz laqab sifatida qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |