www.ziyouz.com kutubxonasi
98
belgilangan maxsus chegara ila o‘ralgan, shahar va uning atrofidagi ma’lum joylarni o‘z
ichiga olgan mintaqa. Bu hudud Payg‘ambar (sav)dan rivoyat qilingan hadisda
aytilishicha, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan kunida harom qilingan. U Allohning
hurmati ila qiyomat kunigacha haromdir; daraxti kesilmaydi, o‘simliga yulinmaydi,
hayvonlari ovlanmaydi va urush qilib bo‘lmaydi. Bu hukm johiliyat vaqtida ham joriy
qilinar edi. Bir-birlari doimo urush qilib yuradigan arab qabilalari ham H. hududida o‘z
dushmanlarini ko‘rib qolsa, unga tegmasdi. H.da nafaqat odamga, balki hayvonot va
nabobot olamiga, hech bir narsaga ozor berilmaydi. Olimlar, jinoyat qilgan odam qochib
H.ga kirib olsa, unga ozor berilmaydi, ammo unga joy, taom berilmasdan, muomala
qilinmasdan, H.dan qaytib chiqishga majbur etiladi va chiqqandan so‘ng ushlab jazosi
beriladi, deyishgan.
H. chegarasida ov qilishga qat’iy hech kimga izn yo‘q. Alloh taolo O’zining muqaddas
shahri Makkai mukarrama atrofidaga ma’lum hududni odamlar, hayvonlar, o‘simliklarga
hech ozor yetkazilmaydigan mintaqaga aylantirgan. Hoz. kunda H. chegarasidan
musulmon bo‘lmaganlar kirmasligi yozib qo‘yilgan va taftish ham bor. Makka va
Madinadagi muqaddas joylar (q. Harom masjidi), Quddus ziyoratgohi (q. Aqso masjidi)
va b. o‘z H.iga ega. 2) Boy musulmon xonadonining ayollar yashaydigan ichki qismi. 3)
Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari hamda O’rta Osiyoda hukmdorlar
saroylarida xotin va kanizaklar yashaydigan qismi. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab
musulmon mamlakatlarining aksariyatida kup xotinlilikning man etilishi, iqtisodiyot va
madaniyat taraqqiyoti, demoqratik harakatlar, xotin-qizlar harakatining o‘sishi natijasida
H.lar deyarli barham topgan.
HAROM (arab. - man qilingan, taqiklangan) - shariatda hech qanday shubhasiz, ochiq-
oydin ravishda man qilingan narsa. Araq, najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa
go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, erkak kishilarga ipak
kiyimlar va nikohida bo‘lmagan shaxs ila jinsiy aloqada bo‘lish kabilar H.dir.
Shu bilan birga o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan H. yo‘l bilan ega
bo‘lsa, ular ham H.ga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘grilik, riboxo‘rlik, aldamchilik,
poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok bo‘lsa ham, topuvchiga
H.dir. Shuning uchun ham ulamolar mutlaq H.ni - o‘zida H.lik sifati bor yoki man
qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir deb ta’rif qiladilar. Musulmon inson uchun H.dan
hazar qilish farzdir.
Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni H. - botil yo‘l bilan birovning molini yeyishdan qat’iy
ravishda qaytargan.
Bir luqma H. taom yegan odamning necha kunlab duosi qabul bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Musulmon inson H. yo‘l bilan molu dunyo kasb qilishdan, xuddi cho‘chqaning go‘shtini
yeyishdan hazar qilgandek, hazar qilish kerak. H. yo‘l bilan molu dunyo topgan odam
ikki dunyoda sharmanda bo‘ladi. Bu dunyoda azob-uqubat, turli balo-ofatlarga yo‘liqib, u
dunyoda jahannam ichida turib, qorniga olovni taom o‘rniga yeydi. Shariatda H.
hisoblangan narsani halol deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. H.ga ota-onaga oq
bo‘lish, zinokorlik, ribo (sudxo‘rlik), sehrgar va folbinlarga ishonish, o‘g‘rilik, qaroqchilik,
poraxo‘rlik, josuslik, chaqimchilik, yolg‘onchilik, qotillik, nohaq qon to‘kish, xiyonatkorlik,
o‘likka dod-voy solib yig‘lash, savdo-sotikda g‘irromlik, g‘iybat, tuhmat kabilar H.
amallardir. Yeyiladigan narsalardan to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zicha o‘lgan halol
hayvonlar, so‘yilganda oqqan qon, "bismilloh" aytmay so‘yilgan halol hayvon go‘shtlari,
dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shtlari, mast qiluvchi ichimlik va giyoxlarning
hammasi islom shariatida H. qilingan. Bulardan tashqari erkaklarga tilla narsa taqish,
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |