Raqamlarda poetik ma`no va mantiq. A. Navoiy lirikasida raqamlar hissiyot belgisi a. Navoiy she`riyatida ramziy raqamlar talqini



Download 202 Kb.
bet1/7
Sana29.04.2022
Hajmi202 Kb.
#590438
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RANGLAR VA RAQAMLARNING RAMZIY MA\'NOLARI


RANGLAR VA RAQAMLARNING RAMZIY MA'NOLARI
Reja:

  1. RAQAMLARDA POETIK MA`NO VA MANTIQ.

  2. A.NAVOIY LIRIKASIDA RAQAMLAR HISSIYOT BELGISI

  3. A.NAVOIY SHE`RIYATIDA RAMZIY RAQAMLAR TALQINI

RAQAMLARDA POETIK MA`NO VA MANTIQ.


Sharq shoirlari poetik ma`no va mantiq talablariga asoslanib raqamlarga murojaat qilganda, bevosita u yoki bu raqam «chegara»sida an`anavo`ylashgan haqiqatlarni ham inobatga olganlar. Buni ikki raqamidan foydalanishda ham kuzatish mumkin. Dunyo va oxirat xususidagi fikr-mulohazalar asosan «ikki dunyo», «ikki jahon» iboralari vositasida ifodalangan va ular ko`pincha tazodiy xarakter kasb etgan. Ahmad Yassaviy darveshlik maslagini ulug`lab, buni darveshlarning «ikki jahon»ni ham nazarga ilmasliklari bilan asoslaydi:


Xirqalari egnida, kinglida yuz ming ayon,
Biling o`z ikki jahon ko`zga ilmas darveshlar.
Alisher Navoiy she`riyatida ham ikki raqami ko`pgina o`rinlarda «dunyo», «olam», «dashr», «jahon», «kavn» so`zlari bilan birga qo`llanilib, ikki dunyo - foniy (o`tkinchi) va boqiy (abadiy) dunyo mazmunida ishlatilgan. Shoirning «Xazoyin ul-maoniy» va «Xamsa»sida oltmishga yaqin o`rinda «ikki olam» (dashr, jahon, dunyo, kavn) birikmasi ishlatilgan. Haqiqiy ishq sohiblari, ya`ni Haqqa oshiq bo`lganlar visolga yetihish uchun ikki dunyo noz-ne`matlaridan ham kechishni afzal bo`lganlar:
Arz etsalarki, yor kerak yo iki jahon,
Yor aytqumdurur beri, ikki jahon nari.
Ikki dunyo ne`matlari vaslga yetihish uchun to`sqinlik qiladi. Shuning uchun oshiq bu ne`matlardan ko`ngil uzishi, qalbini Olloh ishqiga bog`lashi lozim:
Ikki jahonni ko`rar vasl mone`i solik,
Murod yor esa, ham mundinu, ham andin kech.
Do`st - Olloh ishqi bilan yashagan solik - oshiq ikki jahon ishlaridan, tashvishlaridan «forig`» bo`ladi:
Xotirim iki jahon mashg`ulidin ilmish forig`,
Do`st yodi bila to kinglum ilubtur mashg`ul.
Ikki olam shohligidan visol lazzati yaxshiroqdir, shuning uchun visolga bir dam bo`lsa-da, erishgan oshiq bu shohlikdan voz kechadi:
Vasli birdamliqki, tushkay ittifoq,
Ikki olam shohlig`idin yaxshiroq.
Yor vasliga muharraf bilish uchun oshiq ikki olamni bag`ishlashga tayyor:
Muyassar esa do`stning vasli bir dam,
Berib ikki olam, xaridorlarbiz.
Yusuf alayhissalom go`zalligi bilan nom taratgan payg`ambar bo`lib, tasavvufda u vahdat - birlik maqomining ramzidir. Uning Kan`ondan Misrga kelib sulton bo`lishida kasratdan vahdatga yetishgan insoni komil timsolini kirishgan. Yusufning zindondan qutulishi, qullikdan sultonlikka ko`tarilishi kasratdan vahdatga o`tishi, deb qaralgan. qullikdan sultonlikkacha bo`lgan yo`lni bosib o`tishi esa sayri sulukda vujuddan ruhga tomon harakatni anglatadi. Yusuf go`zalligi ilohiy jamolning tajallisidir.
Kerak quyosh dirami tanga bo`lsa bay`ona,
Chu Yusufumni iki dashrg`a basho qilsam.
Ushbu misralarda Yusufning qul qilib sotilishi va Olloh jamolining aksi - tajallisi talmeh san`ati asosida ifoda etilgan. «qadash» tasavvufda Olloh ishqi va muhabbatining ramzi sanaladi. Ishq yo`liga ko`rgan oshiq «ikki jahon mulkiga» baholangan bo`lsa ham, «qadash»ni sipqorishdan manfaatdor. Soqiy esa Ollohdir:
Jahon g`amin chu olur, ber qadashni, ey soqiy,
Olurmen, ikki jahon mulkiga basho qilsang.

ilohiy-falsafiy mohiyatlarni aks ettiradigan ramziy-majoziy «obraz» darajasiga ko`tarilgan. Masalan, bunga bir raqamini misol keltirishning o`zi kifoya.


2. O`zbek adabiyotida raqamlarning badiiy ijoddan keng o`rin egallashi bevosita tasavvuf ta`limoti bilan bog`liqdir. Tasavvuf ta`limoti va adabiyotida raqamlarning o`ziga xos «semantik tizimi» yaratilgan desa, mutlaqo xato bo`lmaydi. Chunki bunda har bir raqam uchun ba`zan bir necha yangi ma`no yo`llari ochilgan. Bu esa aksariyat hollarda raqamlarning xalq og`zaki ijodi, mifologiya, din, urf-odatlardagi ramziy-majoziy haqiqatlaridan butunlay farq qiladi. Shuning uchun tasavvufiy adabiyot matnlarida mavjud bo`lgan raqamlardan ko`zda tutilgan asl ma`no va mohiyatni yoritish uchun, eng avvalo, tasavvufiy va irfoniy haqiqatlarni yetarli darajada o`rganish talab etilishi tabiiydir.
3. Tasavvuf she`riyatida raqamlarning ramziy-majoziy ma`nolaridan asosan ilohiy ishq va komil inson masalalarini yoritishda foydalanilgan. Buni Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqo`rg`oniy, Yunus Emro va Nasimiy kabi turkiy adabiyotning yirik vakillari tajribalari ham tasdiqlab turibdi. Shuning uchun bitiruv malakaviy ishda faqat o`zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodiga emas, usmonli turk va ozarbayjon shoirlari asarlariga ham murojaat qilindi. Mavzu nuqtai nazaridan mazkur ijodkorlarning asarlarini tadqiq va talqin qilish turkiy xalqlar badiiy ijodida raqamlar ancha eski zamonlardan boshlaboq e`tibor qilinishi zarur bo`lgan g`oyaviy-badiiy vazifani yaxshi ado etganligidan dalolat beradi.
A.NAVOIY LIRIKASIDA RAQAMLAR HISSIYOT BELGISI

Alisher Navoiy ijodi bamisli bir ummon. Shoir ijodini o`rgangan sayin undagi sirlarni ilg`ab hayron bo`lasiz, har bir so`z, har bir jumla zamirida yashiringan ma`nolarni o`qib buyuk bobokalonimizning mahoratiga tahsinlar o`qiysiz.


Navoiy asarlari o`qilganda «bir dam», «bir lahza»dan boshlab «o`n sakkiz ming», «yetmish ming», «to`qson ming», «bir ming bir» kabi ulkan raqamlarga ham duch kelinadi. Vaqtning eng kichik birligi hisoblangan dam va lahzalarga tasavvuf ahlining alohida ahamiyat berishlari, bir dam, bir lahza, bir nafas, bir on singari vaqt birliklariga katta ma`no bag`ishlashlari Navoiy she`riyatida yorqin ko`zga tashlanadi.
Nafas, dam, on, lahza–vaqtning eng kichik birligi. Vaqt–o`tmish, hozir va kelajak. U ortga qaytmas va qaytarilmasdir. Vaqt inson ongi, irodasi va kuch-qudratiga bo`ysunmaydigan shavqatsiz qudrat. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqulov Alisher Navoiy she`riyati haqida fikr yuritar ekan, shunday deydi: «Vaqtga faqat ma`naviy-ruhiy harakat va ma`rifiy faoliyat ila yuzlahish lozim. Vaqt oldidagi mas`ullik u bilan aloqa irnatishning o`ziga xos «maqom»larini egallashni talab qiladi. Shu ma`noda tasavvuf ahlining fikr-qarashlari va hayotiy tajribalari juda ibratli. Ibratlisi shundaki, ular vaqtning eng kichik birligi hisoblanmish dam va lahzaning mazmuniga alohida ahamiyat berganlar. Sharqning ko`p buyuk san`atkorlari singari Alisher Navoiyning Vaqtga doir qarashlari, munosabat tarzi va undan ko`zda tutgan maqsadlari ham tasavvuf maslagi bilan chuqur aloqadordir».
Darhaqiqat, bir dam, bir on, bir lahza va fursatlarni qadrlash, ularning zoye ketmasligini his qilish qalb uyg`oqligidan dalolat beradi. Inson ayni damni, hozir yashab turgan, nafas olayotgan fursatlarini qadrlay olsagina nurli o`tmish va yorqin kelajakka xolis nazar tashlay bo`ladi.
«Vaqt keskir qilichdir. Agar keskir bo`lmaganida edi, holdan-holga itguningga qadar seni kutgan bo`lardi. Holbuki, zamon itkir qilichdek harakatlanadi va o`z shukmini ijro etadi». Najmiddin Kubroning «Favoyish ul-jamol» asaridagi ushbu fikrlar «Ibnul-vaqt» - so`fiy uchun dasturul amaldir. U itayotgan har bir damni, fursat va lahzalarni qadrlaydi. Vaqtni beshuda sarflamaslikka harakat qiladi. Agar shunday bo`lmaganida Navoiyning lirik qahramoni:
Mast ilub bir dam shabob ayyomini tut mug`tanam
Kim, yigitlik dam-badam itmakdadur ayyom aro- deya vaqtni «mug`tanam» tutishga chaqirmagan bo`lar edi. Ammo gap g`animat sanalgan ana shu damni qanday va qay holatda o`tkazishda. Ma`lumki, tasavvufda may, boda, harob kalimalari ilohiy ishq, Olloh muhabbati ma`nolarini anglatadi. Haq oshig`ining may, harob, boda talab qilib soqiyga murojaat etishi ilohiy muhabbatni qalbda barqaror aylash va shu tufayli sarxush bo`lishni bildiradi. Lahza va fursatlarning g`animatligini his qilgan solik ana shu damlarni ishqdan «mast ilub» o`tkazishni xohlaydi va boshqalarni ham shunga chorlaydi:
Bir dam ashbob bila bazmi sabushiy tuzubon
Chekingo`z, damni g`animat bo`libon, bodai nob.
Bu istak amalga oshmagach, oshiq afsus-nadomatlar ichida qoladi. Davron uning to`lagi bilan «evrulmas»ligidan hikoyat qilib, o`z armonlarini qiyidagi tarzda bayon aylaydi:
Bir qadash may ichmadim sarvi gulandomim bila,
Bir nafas evrulmadi davron mening komim bila.
O`tib ketgan, ya`ni moziyga aylangan vaqtni orqaga qaytarishning iloji ham, imkoni ham yo`q. Shuning uchun hatto charx ham bunday ishni bajarishga qodir emasligiga iqror bilmoq kerak:
Aysh vaqtin bil g`animatkim, erur dam ushbu dam,
Charx ermas favt bilg`an vaqtni yondurg`udek.
Lahzalik hayajonu kechinmalar, zavqu surur takrorlanmasligini his qilgan oshiq yana bunday qarorga keladi:
Ey Navoiy, dam bu damdur – tut g`animat, boda ich,
O`zga bir damga yetar – yetmaska chun voqif emon.
Bir on, bir lahza, bir dam va bir nafasda shunday bir katta mazmun yashirinki, ularning quvvati va shu paytlarda erishiladigan ilohiy fayzlar takrorlanmasdir. Haqiqiy oshiq shu boisdan «bir nafas», «bir lahza» singari juda qisqa fursatlarni qadrlaydi va ularga qandaydir javobgarlik bilan yondashadi. Hofiz Xorazmiy:
Ne bila g`amgin ko`ngulni lutf etib shod etsa do`st,
Bandi g`amdin bandasin bir lahza ozod etsa do`st, - deya «bir lahza»gina visol onlarini istayotgan oshiq holatini aks ettirsa, Mavlono Lutfiy:
Firoqing tikti bir dam ichra qonim,
Ajal yetsa kishiga bir zamondur, - singari misralarda firoqda qolgan oshiq bu ayrilo`qqa «bir dam» ham chiday olmasligini ifodalaydi. Atoiy esa bunga boshqacha yondashadi:
Bir nafasda ilgay erdim furqatingning dardidin,
Vasl umididir menga ilmakni dushvor aylagan.
Alisher Navoiy:
Bir nafase, ey Masish, boshima yetkil,
Kim, bu nafas bedilingg`a singg`i nafasdur, - deya «bir nafas» jumlasiga katta ma`no bag`ishlaydi. Umuman olganda, tasavvuf arboblarining vaqtga doir qarashlari do`qqatga sazovordir. Masalan, Abu Ali Daqqoq (vafoti 1015) vaqtni kishi zeshnini o`sha onda mashg`ul etuvchi hol sifatida ta`riflaydi: «Vaqt sen ichida bo`lganing narsadir. Dunyo ila bo`lsang – vaqting dunyo, oxiratda esang – vaqting oxirat, quvonchda bo`lsang – vaqting quvonch, qayg`uli bo`lsang – vaqting qayg`udir. Shu ma`noda bir qator sufiylar tasavvufni vaqt ilmi, deya ta`riflaganlar. Masalan, Junayd Bag`dodiyga ko`ra, tasavvuf vaqtni mushofaza etish shunaridir».

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish