www.ziyouz.com kutubxonasi
86
F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim
tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq
mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu
mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i
izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va
Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F.
- huquqning tartiboti jinoyat huquqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi
mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, ammo bir qancha mamlakatlar
(Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70-
y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni
aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini
tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu
me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni
o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir
qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq
me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya
qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari
faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik
islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab
mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning
tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. F. -
huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat
huquqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb
e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish
kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani
tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. -
huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai
sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va
jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar
bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr,
Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida
belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy
va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. -
huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi.
Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi
Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F.
nazariyasi va tarixiga oid asarlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |