BUT (fors.), s a n a m (arab.), butparastlik - xudoni tasvirlaydigan va uning timsoli deb
sig‘iniladigan moddiy buyum (ko‘pincha xudolarning tosh, yog‘och, sopol va b.
narsalardan yasalgan haykalchalari, rasmlari, tasvirlari va b.). Islom dini shakllanishidan
oldin Arabiston ya.o.dagi qabilalarda butparastlik rasm bo‘lgan, ya’ni har bir qabila o‘z
xudosiga, uni ifodalovchi B.ga topingan. Bunday B.lar Makkadagi diniy ibodatxona -
Ka’bada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sig‘inish paydo
bo‘lgandan so‘ng B.lar Ka’badan chiqarib tashlandi. Xristianlik, buddizm kabi dinlarda
ham B. (mas., xristianlikda ikona, krest(xoch)ga, buddizmda kichkina haykalchalarga
sig‘inish) saqlanib qolgan. Ko‘pxudolikka e’tiqod qiladigan qabilalar-da, xususan,
Afrikadagi ayrim qabilalarda B.ga sig‘inish hali ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |