BURHONIDDIN QILICH (11-a.) - o‘rta osiyolik shayx, sayid. O’zganda tug‘ilgan.
Qoraxoniylardan Bug‘roxon Abu Ali al-Hasan ibn Sulaymon (1059-75) ga zamondosh
bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi, Qashqar, Samarqand va Badaxshonda katta obro‘-e’tibor
qozongan. Unga "Qilich" deb berilgan taxallus haqidagi rivoyatda aytilishicha,
Burhoniddin bolalik chog‘larida o‘z tengdoshlari bilan o‘ynab yurib, yog‘ochdan o‘yinchoq
qilich yasagan va kunlardan bir kuni mana shu yog‘och qilich bilan qo‘shnisining o‘g‘lini
qoq ikki nimta qilib chopib tashlagan. Uning ustidan shikoyat qilishgach, Burhoniddin
podshoh huzuriga chaqirtirilgan. Bu yerda u podshohning farmoniga ko‘ra o‘zining
yog‘och qilichi bilan buqani ikkiga bo‘lib tashlagan. Bunday kuch-quvvat mo’jiza deb
e’tirof etilib, podshoh boladan o‘ldirilgan qo‘shni bolasi uchun xun olmay qo‘yib
yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |