Davrlashtirish masalasi. Kishilik jamiyati tarixini, shu jumladan ibtidoiy jamiyat
tarixini davrlarga bo’lmay turib o’rganish mumkin emas. Davrlarning o’rganish tarixiy
jarayon zamon va davrlarga bo’linib, ular muxim voqealar bilan bir-biridan ajraladi.
Tarixni xususan ibtidoiy jamiyat tarixini davrlarga bo’lish juda murakkab bo’lib, xali bu
ilmiy jihatdan nihoyasiga yetgani yo’q.
Kishilik jamiyati tarixini davrlashtirishga intilish qadimgi dunyodayoq eramizdan
avvalgi 1-asrda yashagan Rim faylasufi Lukretsiy Kar o’zining «Narsalarning tabiati»
nomli poemasida odamzod madaniyatining rivojlanish manzarasini, tosh qurollar bilan
undan so’ng temir qirollar bilan almasha borganligini dastlab tasvirlab bergan. Lekin bu
fikr tezda unutilib yuborilgan.
Shotlandiya filosofi A.Fergyuson kishilik tarixini uch davrga: yovvoyilik, varvarlik
va tsivilizatsiyasiga bo’lib o’rginishni tavsiya qilgan. Arxeologlar ibtidoiy davr
kishilaridan qalgan moddiy va madaniy buyumlarni o’rganish asosida kishilikning ibtidoiy
tarixini uch davrga: tosh, bronza, (jez) va temir asrlariga bo’ladilar.
Tosh asri esa o’z o’rnida yana qadimgi va yangi tosh davrlariga bo’linadi. qadimgi
tosh asri qazilma odamlarning yashagan davri hisoblanadi. U vaqtda yerning iqlimi,
o’simliklar va hayvonot dunyosi hozirgidan farq qilar edi. Qadimgi tosh asri kishilari
silliqlangan tosh va sopol idishlarni bilmaganlar. Ular yog’ochdan tayyorlangan so’yil va
oddiy tosh qurollaridan foydalanganlar.
Qadimgi tosh asri kishilari ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar,
baliqchilik esa endi shakllana boshlagan bo’lib, ular dehqonchilik va chorvachilikdan
mutlaqo xabarsiz edilar. Kishilik jamiyati tarixining juda katta davrni o’z ichiga qamrab
olgan tosh davri 2-bosqichga: eng qadimgi (quyi, ilk)va keyingi (yuqori) tosh asrlariga
bo’linadi.
Eng qadimgi tosh asri Olduvay, (Ashel’gacha), qadimgi Ashel’, keyingi va o’rta
Ashel’ hamda Must’e davrlariga bo’linadi. Uning eng quyi sanasi 3,5-3 ml, yuqorisi esa
100-35 ming yilga kelib taqaladi.
So’nggi paleolit esa orinyak solyutriy va madlen davrlariga bo’linib, 40-35 ming
yilliklardan 15-12 ming yilliklargacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
So’nggi tosh asridan so’ng esa o’rta tosh-mezolit asri boshlanib, 12-15 ming
yilliklar orasidagi davrni qamrab oladi.
Mezolitdan so’ng tosh asrning so’nggi bosqichi neolit-yangi tosh asri boshlanib,
Evropaning markazi g’arbi, sharqi va janubiy o’lkalarida, Osiyoda uning sanasi 5-3 ming
yilliklarga mansubdir.
Neolit davridan so’ng Iniolit va undan so’ng bronza asri boshlanadi. eneolit
eramizdan avvalgi 4-ming yillikka mansub bo’lsa, bronza davri 3-ming yillikning oxiridan
eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarigacha davom etadi.
Bronza asridan so’ng Evropa, Osiyo va boshqa joylarda temir asriga o’tish
boshlandi. Ibtidoiy jamiyat tarixini arxeologik jihatdan davrlashtirish mazkur davrning
ishlab chiqarish kuchlarini puxta o’rganish uchun muxim ahamiyatga egadir.
Lekin bu masalani oydinlashtirish uchun etarli emas.
Ayni vaqtda mazkur arxeologik davrlar yer tarixining geologik bosqichlari bilan
zamondosh bo’lishi mumkin.
Odamning paydo bo’lishi zaminimiz tarixining to’rtlamchi bosqichiga to’g’ri
keladi.
Geologik jihatdan to’rtlamchi davr to’rt: Neogen, evilestotsen, Pleystotsen va
Golotsen bosqichlariga bo’linadi.
Mazkur davrda Shimoliy Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning ko’p joylarini
vaqti-vaqti bilan Dunay, Gyuns, Mindel, Riss va Vyuriy deb ataluvchi muzlik qoplab
turgan. Lekin golotsenga kelib mazkur joylardagi muzlar erib u erlarning tabiati o’zgarib
ketdi. Arxeologik nuqtaiy nazardan neogen va evpleystotsen qadimgi tosh asrining oldvay
(Shelgacha) pleytotsen qadimgi shell. O’rta va so’nggi ashel, mushte va so’nggi paleolit
davrlariga to’g’ri keladi. Golotsen esa mezolit va neolit asrlariga mos tushadi.
Kishilikning ibtidoiy bosqichini to’g’ri davrlashtirish uchun arxeologiya, geologiya,
klimatologiya va boshqa fanlar qo’lga kiritgan yutuqlarni joriy qilish ijobiy natijalar
berishi mumkin. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzimi davrdagi ishlab chiqarish kuchlarini
to’laroq o’rganish uchun imkoniyatini beradi.
XIX asrda qator olimlar jamiyat tarixini davrlashtirishga intilib ko’rdilar.
Ulardan biri Shved olimi Nilson bo’lib u jamiyat tarixini yovvoyilik,
ko’chmanchilik, dehqonchilik va (tsivilizatsiya) madaniylashgan bosqichga ajratadi.
Mashhur Amerika etnografi L. G. Morgan ham Fergyuson kabi tarixni yovvoyilik,
varvarlik va madaniylashgan bosqichga ajratadi. Morgan ibtidoiy jamiyat tarixini
yovvoyilik va varvarlik davrlariga bo’lar ekan, bu ikki davrning har birini tirikchilik
vositalarni ishlab chiqarish sohasidagi muvaffaqiyatlariga qarab quyi, o’rta va yuqori
bosqichlarga bo’ladi. L. G. Morganning fikricha, yovvoyilikning quyi bosqichida
insoniyat shakllandi. « Odamlar yirtqich hayvonlar orasida yashab, yovvoyi mevalar,
yong’oqlar va ildizlarni ovqat sifatida iste’mol qilganlar. Bu davrning eng muhim yutug’i
ma’noli nutqning vujudga kelganligidir».
O’rta bosqich esa baliqchilikning kelib chiqishi va olovni hosil qilish va undan
foydalanish bilan xarakterlanadi. Yovvoyilikning yuqori bosqichi esa o’q yoyning kashf
qilinishi bilan mashhurdir.
Varvarlikning quyi bosqichida kulolchilik joriy qilingan bo’lsa, o’rta bosqichida
hayvonlar qo’lga o’rgatilib xonakilashtirildi, sug’orma dehqonchilik vujudga keladi.
Yuqori bosqich esa temir rudasini eritish bilan boshlanadi. Arxeologiya, antropologiya,
etnografiya, lingivistika, xalq og’zaki ijodiyoti va boshqa fanlarning yuz yildan ko’proq
vaqt ichida qo’lga kiritgan yangiliklar morganning davrlashtirishda kamchiliklar borligini
ko’rsatdi. Keyingi davrdagi arxeologik kashfiyotlar ibtidoiy kishilar olovdan Morgan
faraz qilgan vaqtdan ilgariyoq foydalanganliklarini isbotlab berdi.
Demak, 19-asrning ikkinchi yarmida zaruriy dalillarning yo’qligi tufayli Morgan va
boshqalar ibtidoiy jamiyat tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlariga yetarli darajada baho
bera olmadilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumini ijtimoiy munosabatlar jihatidan ikki bosqichga bo’lib
o’rganish maqsadga muvofiq deb biladilar.
Ulardan birinchisi ibtidoiy gala to’da bosqichi bo’lsa, ikkinchisi esa, urug’chilik
jamoasi bosqichi.
Lekin tarixchilarning ko’pchiligi mazkur jamiyatni 3-bosqichga bo’ladilar: ular
kishilikning ibtidoiy to’da, urug’chilik jamoasi va ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi
davrlaridir.
Ibtidoiy to’da ibtidoiy jamiyat tarixi rivojlanishining eng dastlabki bosqichini
tashkil etadi. Bu davrda eng dastlabki inson vujudga kelgan. Uning qo’li bilan esa
dastlabki tosh qurollar yasaladi.
Odamlar o’zining hayvon ajdodidan birgalashib mexnat qilishlari. Sodda bo’lsa
ham mexnat qurollari yasashda binobarin madaniyatga asos solishga o’zlarining hayvon
ajdodlaridan tubdan farq qilib, ulardan uzoqlashib ketgan edilar. Ular gala gala bo’lib
yashar edilar. U davr kishilari bir biri bilan mustahkam bog’langan edilar. Gala soni 25-30
kishi bo’lib tez-tez o’zgarib turardi. Arxeologik jihatdan bu davr ilk tosh davriga mansub
juda uzoq davom etgan. Morgan bu davrda yovvoyilikning quyi bosqichiga kiritadi.
Ibtidoiy jamoa tarixining ikkinchi bosqichi ibtidoiy urug’chilik jamoasi bo’lib
inson ongining rivojlanib borishi va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining olg’a qarab
siljishi bilan boshlanadi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yuksalishi natijasida kishilik jamiyatining ancha
barqaror tashkiloti urug’chilik jamoasi vujudga keladi.
Ibtidoiy urug’chilik jamoasi davri ibtidoiy jamoa tuzumi shakllanishi rivojlanishi
va taraqqiyotining asosiy bosqichi hisoblanadi. Bu arxeologik jihatdan so’nggi o’rta va
yangi tosh davrlariga to’g’ri kelib Morganning tarifi bo’yicha yovvoyilikning o’rta va
yuqori, varvarlikning quyi va o’rta bosqichlariga to’g’ri keladi.
Ibtidoiy jamiyat tarixining uchinchi bosqichi mazkur jamiyatning buzila
boshlanishi davri bo’lib, tosh qurollar o’rnini metallar egallashi munosabati bilan ishlab
chiqarish yanada yuksaladi.
Mazkur bosqichda, xo’jalik tarmoqlarining hamma sohalarida yuksalish bo’lib
ortiqcha mahsulot to’planadi. Jamg’arilgan boyliklar hisobiga esa talonchilik urushlari
keng yoyiladi.
Rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish kuchlari bilan urug’chilik tuzumining
kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi ziddiyatlar borgan sari
chuqurlashadi. Natijada urug’chilik buzilib, oilaviy qo’shni jamoalar vujudga kela
boshlaydi. Urug’chilik aloqalari susayib qo’shnichilik munosabatlari kuchaya boshlaydi.
Ibtidoiy jamoa tuzimi buzila borib alohida ishlab chiqarish munosabatlari paydo
bo’ladi.
Mazkur jamiyat negizida xususiy mulk, tabaqa, tabaqaviy va nihoyat davlat kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |