M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Teri va shilliq pardalarni parvarish qilish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

1.12. Teri va shilliq pardalarni parvarish qilish
 
 
Bola  terisi  va  shilliq  pardalarini  parvarish  qilishda  shaxsiy 
gigiyena qoidalari va ozodalikka qat’iy rioya qilish talab etiladi. 
Terini  muntazam  ravishda  qunt  qilib  parvarish  qilib  borish 
kerak.  Bunda  bolani  yoqimsiz  ta’sirlanishlardan  avaylashga 
katta  e’tibor  beriladi.  Teri  va  shilliq  pardalarni  parvarishlash 
elementlariga quyidagilar kiradi:
 
1. Bolani yuvintirish. 
 
2. Taglarini yuvish. 
 
3. Teri burmalarini artib tozalash. 
 
4. Tirnoqlarini kalta qilib olish. 
 
5. Ko‘z, burun va quloqlarini tozalash. 
 
6. Toza kiyimlar va o‘ziga loyiq poyabzallar kiydirish. 
 
Tibbiyot  hamshirasi  yoki  bolaning  onasi  nafaqat  o‘zlari 
shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  rioya  qilishlari,  balki  bolalarga 
gigiyenik  malakalarni  singdirishlari,  avvalo  ozodalikka 
talabchanlikka o‘rgatib borishlari lozim. 
 


 
304 
Bolalarni avval iliq suv bilan, keyinroq uy haroratidagi suv 
bilan yuqoridan oqizib turib yuvintiriladi. Bolani yuvintirishga 
xotirjamlik  bilan  qarashga,  ijobiy  munosabatda  bo‘lishga 
o‘rgatish, iflos yurishga esa unda salbiy munosabatlar uyg‘otish 
(so‘z bilan, so‘z ohangi bilan), iflos yuz-qo‘llarini shu zahotiyoq 
yuvishga ko‘nikma hosil qilish juda zarur. 
 
Chaqaloq va emizikli bolalarning tagi tez-tez yuvib turiladi. 
Ularning  tagini  yuvishda  suv  oqimi  o‘g‘il  bolalarda  qaysi 
tomondan  bo‘lishining  farqi  yo‘q,  lekin  qiz  bolalarda  siydik 
chiqarish  kanalining  kaltaligi  va  orqa  chiqaruv  teshigidan 
mikroblarni jinsiy a’zolariga tushib qolish xavfi kuchli bo‘lgan-
ligi  uchun  suv  oqimi  oldindan  orqaga  qarab  yo‘naltirilishi 
lozim. 
 
2 yoshdan boshlab bola mustaqil yuvina oladi. Kattalar uning 
yuvinishini  kuzatib  turishlari,  sovunni  qanday  ishlatish 
kerakligini, yuz-qo‘llarini qanaqa qilib artish lozimligini, uning 
sochig‘i qayerda turishini ko‘rsatib berishlari kerak. 
 
Bolani  1-2  yoshdan  boshlab  dastro‘molchadan  mustaqil 
foydalanishga o‘rgatib borish lozim. 2 yoshdan boshlab bolalar, 
odatda,  dastro‘molchasidan  zaruriyat  tug‘ilganda  mustaqil 
foydalanadigan  bo‘ladilar.  Kiyimlarida  albatta  dastro‘molcha 
uchun cho‘ntak bo‘lishi kerak. Bolalarning tirnoqlari kichikroq, 
yaxshisi, yoy shakliga keltirilgan, uchlari qayrilgan qaychi bilan 
olinadi.  Bolalar  jamoasida  foydalaniladigan  qaychilarga  ishla-
tishdan  oldin  spirt  bilan  ishlov  beriladi.  Bolaning  tirnoqlarini 
olayotgan  vaqtda  tirnoqlar  uning  og‘ziga,  burun  va  ko‘zlariga 
yoki to‘shagiga tushib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Bolaning 
kiyimi  uning  yoshiga,  yil  fasliga,  kunning  haroratiga,  bola 
o‘lchami (razmeri) ga mos kelishi, havo o‘tkazadigan, issiqlik 
almashinuviga  xalaqit  bermaydigan,  qulay  bo‘lishi  kerak. 
Kiyim-kechaklar chiroyli, rangi ochiq, gullar va rasmlar bilan 
bezatilgan  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq,  chunki  ular  bolalarda 
yangidan-yangi  taassurot  uyg‘otadi  va  bolaning  kayfiyatini 
ko‘taradi.  Kiyimlar  albatta  doimo  toza  bo‘lishi,  alohida 
saqlanishi  va  yuvilishi  kerak.  Bolaning  choyshab  va  yostiq 
jildlari  ham  alohida  bo‘lishi,  ko‘pi  bilan  haftasiga  bir  marta 
yuvilib, tozasi bilan almashtirilishi lozim. 
 
Bolaning  poyabzali  o‘zining  o‘lchami  (razmeri)  ga  qarab 
tanlanishi,  katta  ham,  kichik  ham  bo‘lmasligi  kerak.  Yassi 


 
305 
oyoqlikning  oldini  olish  maqsadida  poyabzal  tagiga  qoplama, 
poshna  urilgan  bo‘lishi  kerak.  Bolani  o‘zining  poyabzallarini 
tozalash,  quritishga  o‘rgatish  lozim.  Bolalarning  kiyim-
kechaklari va poyabzallari oson kiyiladigan va tugmachalari tez 
taqiladigan bo‘lishi kerak. 
 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish