M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

1.10. Suyak tizimini baholash
 
 
Bolaning  suyak  tizimiga  baho  berish  uchun  uning  kalla 
suyagi paypaslab ko‘riladi, shuningdek, ko‘krak qafasi, umurtqa 
pog‘onasi, qo‘1-oyoqlari va tishlari ko‘zdan kechiriladi. 
 


 
301 
Boshini ko‘zdan kechirayotganda uning shakliga, o‘lchamiga 
e'tibor beriladi. Emadigan yoshdagi bolalarning boshi nisbatan 
katta,  shakli  yumaloq  bo‘ladi.  Kichik  yoshdagi  bolalarning 
boshini  yaxshilab  paypaslab  ko‘rib,  liqildoqlari,  choklarining 
holatiga, katta-kichikligiga, suyaklarining qattiqligiga ahamiyat 
beriladi.  Boshi  bir  yo‘la  ikki  qo‘l  bilan  paypaslab  ko‘riladi, 
bunda bosh barmoqlar peshonaga, kaftlar esa bosh chekkalariga 
qo‘yiladi. Gumbaz va ensa suyaklari, liqildoqlar, liqildoqlarning 
chetlari o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlar bilan tekshirib ko‘riladi, 
bular  sog‘lom  bolalarda  qattiqroq  bo‘ladi.  Normada  liqildoq 
sohasidagi  to‘qimalarda  tomir  urishi  sezilib  turadi,  bola 
chinqirganda esa biroz ko‘tariladi. 
 
Ko‘krak  qafasini  ko‘zdan  kechirayotganda  uning  shakli, 
simmetrikligi,  qovurg‘alarning  to‘sh  suyagiga  va  umurtqa 
pog‘onasiga nisbatan joylashganligi ko‘rib chiqiladi. Hayotining 
dastlabki  oyini  yashab  kelayotgan  bolalarning  ko‘krak  qafasi 
qisqa, kesik va konus shaklida bo‘ladi. Qovurg‘alar gorizontal 
joylashgan  bo‘ladi.  Yoshiga  yaqinlashgach,  ko‘krak  qafasi 
uzunlashib cho‘ziladi, qovurg‘alarning fiziologik tushishi paydo 
bo‘ladi. 
 
Umurtqa pog‘onasi ko‘zdan kechirilayotganda, unda bukil-
malar  bor-yo‘qligi,  bolaning  qaddi-qomati,  umurtqa  pog‘o-
nasida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  fiziologik  qiyshayishlar  bor-
yo‘qligi  ko‘rib  chiqiladi.  Umurtqa  pog‘onasidagi  fiziologik 
qiyshayishlar  boladagi  yangi  harakat  ko‘nikmalari  paydo 
bo‘lishi  va  takomillashishi  natijasida  paydo  bo‘lib  boradi. 
Chunonchi, bola boshini ushlay boshlashi bilan bo‘yin egilmasi, 
6 oyga to‘lib, bola o‘tira boshlashi bilan ko‘krak egilmasi, bola 
yura  boshlashi  bilan  esa,  ya’ni  yoshiga  to‘lganda  bel 
umurtqasidagi egilma paydo bo‘ladi. 
 
Bolaning  qomati  uning  tuzilishiga,  kun  tartibiga  va  parva-
rishning  qanday  tashkil  qilinishiga  bog‘liq.  Sog‘lom,  to‘laligi 
normal,  qaddi-qomati  to‘g‘ri  rivojlangan  bolaning  kuraklari 
ko‘krak  qafasiga  tutashib  turadi,  umurtqa  pog‘onasida  esa 
faqatgina  fiziologik  qayrilishlar  bo‘ladi.  Ayrim  parvarishdagi 
nuqsonlar  va  harakat  ko‘nikmalarini  erta,  majburiy  ravishda 
bolaga  singdirish  natijasida  umurtqa  pog‘onasida  turli  xil 
patologik qiyshayishlar, ko‘pincha belda lordoz – oldiga chiqib 
ketish,  ko‘krakda  kifoz  –  orqaga  chiqib  ketish  va  skolioz  – 


 
302 
umurtqa  pog‘onasining  yonga  qiyshayishi,  ko‘p  hollarda 
ko‘krak bo‘limida kelib chiqadi. 
 
Bolaning  oyoq-qo‘l  suyaklari  tekshirilganda  ularning 
tuzilishiga,  uzunligiga  e'tibor  beriladi.  Bolaning  raxit  bilan 
kasallanishi natijasida oyoqlar 
«O» yoki «X» harfi shaklida qiy-
shayib qoladi. Ayrim bolalarda ko‘pincha tuyapaypoqlik (yassi 
oyoqlik)  uchraydi.  Buni  aniqlash  uchun  bolaning  paypog‘ini 
yechib,  oyog‘ini  tekis  yuzaga  qo‘yiladi.  Bolaning  oyog‘i  yassi 
bo‘lsa,  oyoq  kafti  yerga  bir  tekis  tegib  turadi.  Bo‘g‘imlarni 
tekshirganda ularni shakli, harakatchanligi aniqlanadi. 
 
Bola 
qaddi-qomatining 
to‘g‘ri 
rivojlanishida 
milliy 
xususiyatlari-mizdan  kelib  chiqqan  holda  bola  parvarishida 
qo‘llaniladigan beshik haqida ham qisqa to‘xtalib o‘tishni lozim 
topdik.  Haqiqatan  ham  beshik  qadimdan  bola  qomatinining 
chiroyli  bo‘lishi,  to‘g‘ri  rivojlanishi,  toza  saqlanishida  muhim 
o‘rin  egallab  kelgan.  Lekin  hamma  narsaning  ham  me'yorda 
bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayrim onalarning beshikdan 
noto‘g‘ri  foydalanishlari,  bolani  haddan  ziyod  beshikda 
qoldirishlari  natijasida  suyaklarning  normal  rivojlanishiga 
to‘sqinliklar  paydo  bo‘lmoqda  va  bola  qaddi-qomatining 
buzilish  hollari  kelib  chiqmoqda.  Bolalar  tishlarini  ko‘zdan 
kechirayotganda  ularning  soni,  shakli  va  katta-kichikligi, 
joylashishi,  yuqori  va  pastki  tishlarning  o‘zaro  munosabati 
(prikus)  aniqlanadi.  Bola  5-6  oylik  bo‘lganida  dastlab  pastki 
oldingi  kesuvchi  tishlar  chiqa  boshlaydi,  shundan  keyin 
muayyan bir tartib bilan birin-ketin boshqa tishlar ham ko‘rina 
boshlaydi.  Bola  ikki  yoshga  to‘lganida  20  ta  sut  tishi  chiqib 
bo‘lishi  kerak.  Ikki  yoshga  to‘lgan  bolaning  nechta  tishi 
chiqqanligini  aniqlash  uchun  oy  sonidan  to‘rt  soni  olib 
tashlanadi. Masalan, 1, 5 yoshli bolada 18-4, ya’ni 14 ta tishi 
bo‘lishi kerak. 
 
Bola  5  yoshga  to‘lgach,  sut  tishlari  o‘rniga  doimiy  tishlar 
chiqa boshlaydi, ular o‘zining kattaligi, sarg‘ish rangda bo‘lishi, 
chaynov yuzalarida do‘mboqchalar bo‘lishi bilan sut tishlaridan 
farq qiladi. Turli xil kasalliklarda, shuningdek, yomon odatlar 
– barmoqlarni so‘rish, so‘rg‘ichni uzoq vaqtgacha so‘rib yurish 
kabilar  prikusning  noto‘g‘ri  bo‘lishi  va  tishlarning  noto‘g‘ri 
joylashishiga olib keladi. Tish emalining buzilishi, kariyesning 


 
303 
juda barvaqt paydo bo‘lishi bolaning ayrim kasalliklari yoki uni 
noto‘g‘ri ovqatlantirishning oqibati bo‘lishi mumkin. 
 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish