1.11. Muskul tizimini baholash
Muskul tizimini baholash uchun muskullarning kuchi va
tonusi aniqlanadi. Katta yoshdagi bolalarning kuchi dinamo-
metr asbobida o‘lchab aniqlanadi. Kichik yoshli bolalarning
muskul kuchini esa taxminan, ya’ni bolaning biron bir harakat
uchun sarflaydigan kuchi yoki o‘yinchoqlarni qancha vaqt
ushlab tura olishiga qarab aniqlash mumkin. Muskul tonusi
muskul to‘qimasini paypaslab ko‘rish bilan, shuningdek, passiv
harakatlar vaqtidagi paydo bo‘ladigan qarshilikka qarab
aniqlanadi.
Muskul tizimining normal rivojlanayotganligini boladagi
harakat funksiyalarining o‘z vaqtida paydo bo‘layotganligiga,
ya’ni uning o‘z vaqtida boshini tuta boshlashi, o‘tira olishi,
emaklashi, oyoqqa turishi va yurib ketishiga qarab bilib olish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |