152
Bronxial astma
Bronxial astma – surunkali, mustaqil, infeksion-allergik
kasallik bo‘lib, bronx mushaklari tortishib qisqarishi natijasida
bolaning nafasi qisib, bo‘g‘ilib qolishi, xurujsimon yo‘tal tutishi
va yopishqoq balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi.
Bu kasallik bilan barcha yoshdagi bolalar og‘riydi, lekin ak-
sari bolalarda kasallik hayotining dastlabki 3 yilida boshlanadi.
Etiologiyasi. Bolalarda bronxial astma rivojlanishida irsiy
moyilli muhim o‘rin tutadi. Aksariyat bolalarning oilaviy
anamnezida bronxi
аl astma, ekzema, migren, podagra, yog‘
bosishi va shu singari kasallik borligi aniqlanadi. Atrof-muhit
omillarning yomon ta’sir qilishi eng avvalo, bola boqishda yo‘l
qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar har xil infeksion kasalliklar,
noqulay turmush sharoitlari, yomon asorat qoldiradigan
psixogen ta’sirlar ham kasallikning kelib chiqishida muhim
ahamiyatga ega.
Organizmga turli allergenlar ta’sir qilishi natijasida uni
sensibillashib qolishi bronxial astma kelib chiqishining asosiy
patogenetik sababi hisoblanadi.
Allergenlar tashqi (ekzogen) va ichki (endogen), noinfeksion
(atopik) va infeksion bo‘lishi mumkin.
Noinfeksion allergenlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
1. Ijtimoiy allergenlar: uy changi, yostiq pati, kitob va
kutubxona changlari va boshqalar.
2. Hayvon va o‘simlik allergenlari: daraxt va o‘simlik
changlari pichan, hayvon junlari, mayda hasharotlar qismlari,
har xil quritilgan ovqatlar va boshqalar.
3 Ayrim ovqat mahsulotlari: tuxum, qulupnay, shokolad
baliq go‘sht va boshqalar.
4 Don moddalari: ko‘pchilik antibiotiklar, pirozalon qatori
vositalari, vitamin va boshqalar.
5. Kimyoviy moddalar: sun’iy tolalar, penoplast, har xil
sintetik kleylar, poroshok va boshqalar.
Bular odatda atopik bronxial astmani keltirib chiqaradigan
sabablar bo‘l
аdi.
Infeksion allergenlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin.
1. Turli bakteriyalar, viruslar, qo‘ziqorinlar va boshqa
patogen mikroorganizmlar.
153
2. Turli xil gelmintlar, sodda jonivorlar va nopatogen mikro-
organizmlar.
Bular esa infeksion-allergik bronxial astma kasalligini keltirib
chiqaradi.
Bulardan tashqari, bronxial astmaning noimmunologik zo‘ri-
qish nevrogen turlari ham ajratiladiki, ular ko‘proq katta yosh-
dagi bolalarda kuzatiladi va kattalarga xos belgilar bilan
namoyon bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallikning asosiy belgisi, nafas qisishi va
bo‘g‘ilish xuruji hisoblanadi.
Atopik bronxial astmada bunday xurujlar to‘satdan bosh-
lanib, ko‘pincha bolani burun bitishi, ko‘krak sohasida noxush
sezgilar, majburiy yo‘tal bezovta qiladi.
Infeksion-allergik bronxial astmada esa, nafas qisishi xuruji
asta-sekinlik bilan rinit, bronxit yoki pnevmoniya belgilarining
zo‘riqishi ko‘rinishida boshlanadi.
Kasallik xuruji tutgan vaqtda bola o‘zini bo‘g‘ilib qolayot-
gandek his qila boshlaydi, nafasi qisadi, aksariyat hollarda,
nafas chiqarish jarayoni qiyinlashgan bo‘ladi va og‘ir
hollardagina nafas olish ham qiyinlashishi mumkin. Nafas olib
chiqarish shovqinli bo‘lib, hattoki uzoqdan ham yaqqol eshitilib
turadi, hushtaksimon xarakterda bo‘ladi, bolaning lablari
ko‘karib ketadi, xuruj mahalida bolalar o‘zlariga yengillik
yaratish maqsadida majburiy holatni egallashadi.
Xuruj vaqtida qiyin ko‘chuvchan, yelimsimon, yopishqoq
balg‘am ajralib, nafas qisilishini yana ham qiyinlashtiradi.
Kasallikning yengil turi xurujlarning kamligi, yengilroq
kechishi bilan ifodalanadi, xuruj haftasiga bir marta bo‘lishi va
dori yoki ingalatsiyadan so‘ng tezda o‘tib ketishi mumkin.
Xuruj oraliqlarida esa bolalar o‘zlarini yaxshi his qiladilar,
shuningdek, xirillashlar bo‘lmaydi. Infeksion-allergik bronxial
astmada xurujlar uzoqroq davom etadi, xurujdan chiqish
qiyinroq bo‘ladi va xurujlar oralig‘ida ham bolaning ahvoli
unchalik yaxshi bo‘lmaydi – nafas olishi qiyinlashib, o‘pkasida
quruq xirillashlar eshitilib turadi.
Ba’zi hollarda, agar xuruj 20–30 daqiqa yoki bir necha
soatlarda o‘tib ketmasa, 6 soat va undan ham ko‘proq cho‘zilsa,
bolada astmatik holat (status astmaticus) rivojlanganligining
nishonasi hisoblanadi.
154
Asoratlari. Kasallik uzoq davom etib borganida, ayniqsa,
bronx o‘pka infeksiyasi bilan, burun-halqumdagi yallig‘lanish
o‘zgarishlari bilan birga qo‘shilganida turg‘un emfizema, o‘pka
atelektazi, pnevmotoraks, mediastinal emfizema, nevrologik
o‘zgarishlar, jismoniy rivojlanishdan ortda qolish ko‘rinishidagi
asoratlar qoldirishi mumkin.
Oqibati. Juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, kasallikning
atopik turida ancha yaxshi, allergen to‘g‘ri aniqlansa bemor
sog‘ayib ketadi. Infeksion-allergik turida esa oqibat kasallikning
kechishiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |