Profilaktikasi. Nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish, o‘z
vaqtida va to‘g‘ri davolash, surunkali ko‘rinishga o‘tkazib
yubormaslik choralarini ko‘rish, bolaning to‘g‘ri o‘sishi, ovqat-
lanishi, jismoniy tarbiyasi, organizmini chiniqtirishi bo‘yicha
uzluksiz ishlarni olib borish kasallikning oldini olishda katta
ahamiyatga ega.
Allergik kasalliklar va ekssudativ diatezlari bor bo‘lgan
oilalarda tug‘ilgan bolalarga alohida e’tibor berish talab etiladi.
5.2. Qon aylanish a’zolari k
аsаlliklаridа bоlа vа uning оilаsiga
h
аmshirаlik pаrvаrishi
Yurakning tug‘ma nuqsonlari
Yuraknung tug‘ma nuqsonlari ichki a’zolarning tug‘ma
nuqsonlari orasida ancha keng tarqalgan patologiya bo‘lib, har
100 ta chaqaloqning 7-8 tasida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |