M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

3-rasm. 
«Soxta bo‘g‘ma» 
xuruji. 


 
147 
Profilaktikasi.  Bolalarni  turli  xil  yuqori  nafas  yo‘llarining 
virusli  kasalliklaridan  asrash,  yoshligidan  boshlab  chiniqtirish 
muolajalarini o‘tkazib borish, gripp, paragripp va adenovirusli 
infeksiyalar  boshlangan  hollarda  esa  o‘z  vaqtida  va  samarali 
davolash  soxta  bo‘g‘maning  oldini  olish  choralaridan 
hisoblanadi.
 
 
Pnevmoniyalar
 
 
Pnevmoniya  (yunoncha  pneumon  -  o‘pka)  –  o‘pka 
to‘qimasining  yallig‘lanishi  bo‘lib,  go‘dak  bolalar  o‘rtasida 
uchraydigan kasallanish va o‘lim strukturasida yetakchi o‘rinda 
turadi.
 
Pnevmoniya  kichik  yoshdagi  bolalar  orasida  hammadan 
ko‘ra  ko‘proq  uchraydi,  shuningdek,  bu  kasallik  2  yoshgacha 
bo‘lgan bolalarning nafas a’zolari kasalliklari orasida 80% dan 
ko‘proqni egallaydi.
 
Bola  o‘pkasining  anatomo-fiziologik  xususiyatlari,  yosh 
organizmning immun holati (emadigan bolalar pnevmokokk-
lardan bo‘ladigan kasallikka qarshi aktiv immunitet hosil qila 
olmaydi),  atrof-muhit  omillariga  aloqador  bo‘lgan  organizm 
reaktivligi yosh bolalarda pnevmoniyalarning ko‘p uchrashi va 
og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi.
 
Etiologiyasi. Pnevmoniya polietiologik kasallik hisoblanadi. 
Turli  xil  bakteriyalar  (pnevmokokk,  streptokokk,  enterokokk, 
vulgar protey, ichak tayoqchasi va boshqalar), viruslar (gripp, 
paragripp  viruslari,  adenoviruslar,  qizamiq  viruslari  va 
boshqalar),  parazitlar  (Karini  pnevmosistalari,  askaridalar  va 
boshqalar),  zamburug‘lar,  mikoplazmalar  ham  kasallikni 
keltirib chiqarishi mumkin.
 
Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish, parvarishdagi nuqsonlar, kun 
tartibining buzilishlari, turmush sharoitlarining yaxshi emasligi, 
shuningdek, o‘tkir kasalliklar bilan tez-tez og‘rib turish, raxit, 
gipotrofiya, anemiya, konstitutsiya anomaliyalarining mavjud-
ligi bolalar organizmi reaktivligining anchagina pasayib qolishi-
ga olib keladi. Bola organizmining sovqotishi ham kasallik kelib 
chiqishida muhim o‘rin egallaydi.
 


 
148 
Turlari 
Og‘irlik darajasi (klinik 
manzarasi va asoratlarini 
hisobga olgan holda) 
Kechishi 
Chegaralangan 
(o‘choqli) 
bronxopnevmoniya  
Segmentar 
bronxopnevmoniya 
Asoratsiz 
O‘tkir 
Krupoz pnevmoniya  
Interstitsial pnevmoniya 
Asoratli: toksikoz
kardiorespirator, sirkulator 
sindromlar, yiringli 
(o‘pkada va o‘pkadan 
tashqarida) asoratlar 
Cho‘zil-
gan 
 
Klinikasi.  Kasallikning  klinikasi  uning  turiga  va  keltirib 
chiqaruvchi sabablariga bog‘liq bo‘lib, juda xilma-xildir.
 
O‘choqli pnevmoniya odatda tumov, aksirish, quruq yo‘tal, 
uncha  yuqori  bo‘lmagan  isitma,  bolaning  injiqlanishi,  burun-
ning bitib qolishi bilan boshlanadi. Kasallikning asosiy sabab-
chisi respirator viruslar hisoblanadi. 5-7-kunlarga kelib bolaning 
rangi  o‘zgaradi,  yo‘tal  kuchayadi,  isitmasi  ko‘tarilib,  unda 
hansirash  paydo  bo‘ladi.  Bola  yig‘laganda  va  emayotganida 
lablari, og‘iz atrofida sianoz kuzatiladi. Asta-sekinlik bilan bu 
belgilar  kuchayadi,  nafas  olish  va  yurak  urishlari  soni  ortadi. 
Nafas  olishda  burun  qanotlarining  uchishi,  qo‘shimcha 
muskullarning qatnashuvi aniqlanadi (qovurg‘alararo muskullar 
va  bo‘yinturuq  chuqurchalarining  ichkariga  tortilishi  va 
boshqalar).
 
Kasallik  o‘tkir  kechganda  6  haftadan  oshmaydi,  bordiyu  8 
haftagacha  davom  etsa,  cho‘zilgan  pnevmoniya  deb  qaraladi. 
Pnevmoniyaning  8  haftadan  ko‘pga  cho‘zilishi  esa  uning 
surunkali tus olganligini bildiradi.
 
O‘tkir  mayda  o‘choqli  pnevmoniya  ko‘pincha  go‘dak 
bolalarda uchraydi va og‘irroq kechadi.
 
Segmentar  pnevmoniya  odatda  turli  yoshdagi  bolalarda 
uchrashi mumkin, lekin ko‘proq 3-7 yoshli bolalar kasallanishi 
kuzatiladi.
 


 
149 
Krupoz  pnevmoniya  esa  aksariyat  maktab  yoshidagi 
bolalarda uchraydi va og‘irroq kechishi bilan xarakterlanadi.
 
Interstitsial pnevmoniyaga ko‘proq viruslar, pnevmosistalar, 
mikoplazma  va  zamburug‘lar  sabab  bo‘ladi  va  u  aksariyat 
hollarda  chaqaloqlarda,  chala  tug‘ilgan  bolalarda,  gipotrofiya, 
anemiya va boshqa ikkilamchi kasalliklar bilan og‘rigan nimjon 
bolalarda rivojlanadi.
 
Chaqaloqlarda pnevmoniyalar o‘ziga xos tarzda, odatda og‘ir 
formada o‘tadi.
 
Chala  tug‘ilgan  bolalardagi  pnevmoniyalar  markaziy  asab 
tizimi, nafas va issiqlikni idora etuvchi markazlarning yetilma-
ganligini, nafas va tomirlar tizimining morfologik va funksional 
jihatdan  norasoligi  jihatidan  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo‘ladi.
 
Bolaning  umumiy  ahvoli  juda  tez  og‘irlashadi,  yuqoridagi 
sanab o‘tilgan belgilar chala tug‘ilgan bolalarda yanada yaqqol 
namoyon  bo‘ladi,  bola  ovqatdan  bosh  tortib,  emgan  sutini 
qaytarib chiqaradi, qayt qilib turadi, ichaklari dam bo‘lib, ichi 
ketadi,  tanasining  vazni  keskin  kamayadi.  Bolaning  og‘zi, 
ba’zida burnidan ko‘pikli shilimshiq kela boshlashi xatarli belgi 
sanaladi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, perkutor va auskultativ 
ma’lumotlar kam ifodalangan bo‘ladi.
 
Go‘dak  bolalarda  bo‘ladigan  pnevmoniyalarning  eng  ko‘p 
uchraydigan asoratlari otolaringitga o‘tib keladigan kataral yoki 
yiringli  otit,  yiringli  plevrit,  o‘pka  abssesslari,  ensefalit,  me-
ningit,  meningoensefalitdir.  Mayda  o‘choqli  pnevmoniyaning 
birmuncha  kamroq  uchraydigan  asoratlari  jumlasiga  yiringli 
perikardit,  peritonit,  artrit,  osteomiyelit,  piyelonefrit  va 
boshqalarni kiritish mumkin.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish