M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Hamshiralik  tashxislari.  Haroratning  ko‘tarilishi,  holsizlik, 
yurak  va  bo‘g‘imlardagi  og‘riqlar,  rangparlik,  taxikardiya, 
giperkinez va boshqalard
аn bоlаlаrning qiynаlishi.
 
Qo‘shimcha  tekshiruvlar.  Umumiy  qon,  siydik,  axlat 
tahlillari, qonning revmatik sinamalari (C–reaktiv oqsil, zardob 
oqsillari  elektroforegrammasi,  glikoproteidlar  va  mukopro-
teidlarni aniqlash, difenilamin sinamasi va boshqalar), elektro-
kardiografiya va boshqalar.
 
Davolash  va  h
аmshirаlik  parvarishi.  Revmatizmda  davo 
davriylik  prinsipida  –  statsionar,  bolalar  kardiorevmatologik 
sanatoriysi, 
bolalar 
poliklinikasining 
kardiorevmatologik 
kabineti  singari  revmatizmga  qarshi  barcha  muassasalarning 


 
162 
kelishib, izchillik bilan ish olib borishi tufayli amalga oshiriladi, 
zarurat tug‘ilganda maxsus kurort davosi qo‘llaniladi.
 
Revmatizmning  o‘tkir  davrida  bola  albatta  kasalxona 
sharoitida  davolanishi,  jismoniy  va  ruhiy  jihatdan  imkoni 
boricha  ko‘proq  tinch  bo‘lishi  ta’minlanishi  lozim.  Ana  shu 
maqsadda  bolaga  qat’iy  yotish  rejimi  buyuriladi  va  uning 
muddati yurakning nechog‘li zararlanganligiga bog‘liq bo‘lib, 1-
2  oyni,  o‘rtacha  taxminan  45  kunni  tashkil  etadi.  Boladagi 
ijobiy  o‘zgarishlar  va  laborator  natijalarga  qarab,  rejim  asta-
sekin kengaytirilishi mumkin.
 
Revmatizm  faol  bosqichining  o‘tkir  davrida  bolalar  ko‘p 
terlayvergani uchun vaqt-vaqtida gigiyenik vannalardan foyda-
lanish, ahvol og‘irlashganda esa bolaning badanini issiq suvga 
ho‘llangan sochiq bilan artib tozalab turish zarur.
 
Revmatizm  bilan  og‘rigan  bolaga  oson  hazm  bo‘ladigan 
ovqatni  bo‘lib-bo‘lib  kuniga  4-5  mahal  berib  turilishi  kerak. 
Suyuqlik taxminan 1 l gacha cheklanadi. Tarkibida kaliy tuzlari 
bo‘ladigan  masalliqlar  (tvorog,  kartoshka,  olma,  karam,  qora 
olxo‘ri va boshqalar)dan foydalanish kerak. Faqat yog‘siz go‘sht 
beriladi, qovurdoq, qaynatma sho‘rvalar, ziravorlardan parhez 
qilinadi.
 
Ovqat  ratsionida  meva  va  sabzavotlarning  yetarli  miqdorda 
bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi (tabiiy holda olib turiladigan 
vitaminlarga qo‘shimcha qilib vitamin preparatlari berib bori-
ladi).
 
Kasallikning  o‘tkir  davrida  desensibillovchi  vositalar, 
salitsilatlar, pirazolon qatori preparatlari, steroid gormonlardan 
keng foydalaniladi.
 
Mahalliy  infeksiya  o‘choqlari  bo‘lsa,  revmatizmning  o‘tkir 
davrida  kompleks  davoga  bolaning  yoshiga  to‘g‘ri  keladigan 
dozalarda 10-14 kun davomida penitsillin qo‘shiladi, keyin esa 
3-4  hafta  davomida  kuniga  1  marta  1000000-1200000  TB 
miqdorida  bitsillin-1  yoki  bitsillin-5  inyeksiya  qilib  turishga 
o‘tiladi. Fizioterapevtik muolajalar ham buyuriladi (bodomcha 
bezlariga UVCH toklari, ultrabinafsha nur berish).
 
Sezilarli  poliartritik  sindrom  bo‘lganida  yoki  poliartral-
giyalar,  ya’ni  bo‘g‘im  og‘riqlari  uzoq  davom  etganida 
bo‘g‘imlarga  issiq  qilish  (Minin  lampasi,  sollyuks,  infraqizil 
nurlar  15-20  daqiqadan  kuniga  1-2  mahal),  UVCH  toklari 


 
163 
berish (10 daqiqadan 5-6 muolaja), parafindan applikatsiyalar 
qo‘yish (45-50
o
C, 20-30 daqiqa) yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
 
Xoreyada  qo‘shimcha  ravishda  bromidlar  yoki  fenobarbital 
buyuriladi, bu preparatlar maktab yoshidagi bolalarga 0,01-0,02 
g dan kuniga 2 mahal, uyqu notinch bo‘lganda esa 0, 05 g dan 
yotishdan oldin berib turiladi.
 
Bolalarni  kasalxonadan  chiqarilgandan  keyin  qo‘shimcha 
davolanish  uchun  mahalliy  revmatologiya  sanatoriylariga 
yuboriladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish