Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasi antinatal davrda-
noq boshlanishi lozim. Jumladan, homilador ayollarni yuqumli
va yiringli kasalliklardan asrash, to‘g‘ri ovqatlanishini
ta’minlash va gigiyenik talablarga rioya qilinishini nazorat qilib
borish shular jumlasidandir. Perinatal va postnatal davrlarda esa
asosiy e’tibor aseptika va antiseptika qodalariga amal qilishga,
bolaga qarovchi xodimlar va kishilarda yuqumli hamda yiringli
kasalliklar bo‘lmasligiga, bolani faqat ona suti bilan boqilishini
ta’minlashga, har qanday arzimas yiringli jarayonlarni vaqtida
aniqlash, boshqa bolalardan ajratish va zudlik bilan davolash
choralarini ko‘rishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |