Profilaktikasi. Terining yiringli kasalliklari – pioder-
miyalarning kelib chiqishini oldini olishda quyidagi chora-
tadbirlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
– chaqaloqlar parvarish qilinadigan palata va xonalarning
sanit
аriya-gigiyenik talablariga qat’iy rioya qilish;
– chaqaloqni parvarish qilishni amalga oshirishda qatna-
shuvchi xodimlarning d
оimiy tekshiruvdan o‘tib turishlarini
ta’minlash;
– terisida yiringli kasalliklari bo‘lgan kishilarni chaqaloqlar
qaraladigan joylarga qo‘ymaslik;
– piodermiyali chaqaloq va bolalarni alohida xonalarga
ajratib qo‘yish va ularga qarovchi xodimlarni ham boshqa
chaqaloqlarga qarashdan ozod etib qo‘yish;
– bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish va chiniqtirish.