M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Chaqaloqlar sepsisi
 
 
Sepsis  –  to‘g‘ri  ma’noda  qonning  mikroblar  bilan  zarar-
lanishi  bo‘lib,  aslida  esa  mikroblar  ta’sirida  mahalliy 
yallig‘lanish  tufayli  paydo  bo‘lgan  toksinlar  va  oqsil  tanalar 
hamda 
hujayralar 
parchalanishidan 
kelib 
chiqqan 


 
102 
elementlarning  antigenlarga  aylanishidan  organizm  reaktivligi 
o‘zgarib qolgan holat deb qaraladi.
 
S
аbаbi. Sepsisning asosiy sababchilari stafilokokklar, strepto-
kokklar,  pnevmokokklar,  ichak  tayoqchalari,  gonokokklar, 
diplokokklar, ko‘k yiring tayoqchalari va boshqalar hisoblanadi. 
Ko‘rinib  turganidek,  sepsis  polimikrob  kasalliklar  jumlasiga 
kiradi.
 
Bolaga mikroblar: a) tug‘ilishdan oldin – homilador ayoldagi 
infeksion kasalliklar natijasida gematogen yo‘l bilan, ifloslangan 
qog‘onoq suvlaridan teri, me’da-ichak va yuqori nafas yo‘llari 
orqali; b) tug‘ruq vaqtida – aseptika va antiseptika qoidalariga 
rioya qilinmaganda, tug‘uruq yo‘llaridagi yiringli ajratmalardan 
aksariyat hollarda teri va kindik orqali; d) tug‘uruqdan keyin – 
parvarishdagi  nuqsonlar,  ona  va  xodimlardagi  mikrobli  kasal-
liklar,  parvarish  buyumlarining  yetarli  tozalanmaganligidan 
o‘tib qoladi.
 
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘pincha bola tug‘ilganidan toki 
15  kunlik  bo‘lgunicha  yuqadi,  chunki  mana  shu  davrda  bola 
ko‘proq  mikroblarga  himoyasiz  bo‘ladi,  aksiga  olib  kirish 
darvozalari ham qolgan davrlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
 
Mikroblar  70-80%  hollarda  kindik  qoldig‘i  va  kindik  yara-
sidan, 12-15% hollarda esa teri orqali, og‘iz, burun va tomoq 
shilliq pardalarining shikastlangan joylaridan kiradi. Kamdan-
kam hollarda nafas, hazm a’zolari orqali, ko‘z konyunktivasi, 
quloq va qiz bolalarda jinsiy a’zolar orqali kirishi mumkin.
 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sepsisning kindik, teri, 
quloq va boshqa turlari farqlanadi.
 
Klinikasi.  Kasallik  tipik  (odatdagiday)  kechganida  quyidagi 
simptomlar bilan namoyon bo‘ladi:
 
1.  Bolaning  umumiy  ahvoli  o‘zgaradi  –  uyqusi  buziladi, 
bezovta  bo‘lib  qoladi,  sababsiz  chinqiraverishi  yoki  aksincha 
bo‘shashib qolishi kuzatiladi.
 
2.  Bola  odatdagidan  sust  ema  boshlaydi  yoki  umuman 
ko‘krakni olmay qo‘yadi.
 
3.  Onasining  suti  yetarli  bo‘lishiga  qaramasdan  bola  vazni 
sababsiz kamaya boradi.
 
4.  Terisining  rangi  o‘zgaradi  (pasaygan,  zaxil  tortgan), 
turgori pasayadi, har xil toshmalar toshishi mumkin.
 


 
103 
5. Har xil ko‘rinish va davomlilikka ega harorat reaksiyalari 
ko‘riladi (aksariyat subfibril isitma).
 
6.  Qusish  va  sababsiz  dispeptik  holatlar  (ichning  o‘zgarib 
qolishi).
 
7. Ba’zi hollarda jigar va taloqning kattalashuvi aniqlanadi.
 
8. Bolaning nafas faoliyati, o‘pkada o‘zgarishlar bo‘lmagani 
holda buziladi va hansirash, sianoz kabi belgilar kuzatiladi.
 
9.  Yurak  tonlari  bo‘g‘iqlashadi,  taxikardiya  va  arterial 
bosimning pasayishi aniqlanadi.
 
10. Bolada sutkalik siydik miqdori kamayadi, siydikda oqsil 
ajrala  boshlaydi,  eritrotsitlar,  leykotsitlar,  silindrlar  miqdori 
anchagacha ko‘tariladi.
 
11. Qon tahlilida neytrofil leykotsitoz, anemiya, eritrotsitlar 
cho‘kish tezligining ortishi aniqlanadi.
 
12.  Qonning  bakteriologik  tekshiruvida  aksariyat  hollarda 
mikroblar topiladi (qonni sterillikka tekshiruv).
 
Keltirilgan klinik belgilar bolalarda har xil namoyon bo‘lishi 
mumkin. Har bir konkret holatda individual xulosalar chiqarish 
va aytib o‘tilgan belgilarning kamida 50% kuzatilgan hollarda 
hamda  etiologik  omillarning  mavjudligi  aniqlanganda  sepsis 
haqida gumon qilish lozim bo‘ladi.
 
Tashxis.  Kasallikka  tashxis  qo‘yishda  yuqoridagi  asosiy 
simptomlar  bilan  birga  anamnezga,  mahalliy  o‘choqlarning 
bor-yo‘qligiga, bola organizmining reaktivligi holatiga, ayniqsa, 
sababsiz  isitmaning  subfebrill  darajalarda  uzoq  muddat 
ko‘tarilib  turishiga,  sababsiz  paydo  bo‘ladigan  dispeptik 
holatlarga katta e’tibor bilan qarash kerak.
 
Laborator  tekshiruvlardan  umumiy  qon  tahlili,  qonning 
sterillikka  tekshiriluvi,  ba’zi  hollarda  patologik  ajratmalarning 
tekshiriluviga ham ahamiyat berish lozim.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish