M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Muddatiga yetmay tugilgan chaqaloqlarni ovqatlantirish
 
 
Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  chaqaloqlarni  ovqatlantirish 
juda ham mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Ular chala tug‘ilganlik 
darajasiga,  umumiy  ahvoliga,  so‘rish  va  yutish  reflekslarining 
qanchalik  rivojlanganligiga  qarab  ovqatlantiriladi.  Muddatiga 
yetmay  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  yutish  refleksi  yaxshi 
rivojlanm
аgan  bo‘lib,  chalalik  darajasi  o‘ta  yuqori  bo‘lmasa, 
umumiy  ahvoli  qoniqarli  deb  hisoblansa,  uni  onasining 
ko‘kragiga 6-8 soatdan keyin tutish mumkin. Lekin har qanday 
holatda  ham  onasi  birinchi  marta  bolani  emizayotganida, 
hamshira ehtiyotdan birinchi yordam uchun kerakli narsalarni 
tayyorlab  qo‘yishi  kerak.  Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan 
chaqaloqlar ko‘krakni emishdan tez charchab qoladi va o‘ziga 
tegishli sutni oxirigacha ema olmaydi. Shuning uchun qolgan 
sut so‘rg‘ich yoki qoshiqchada berib to‘ydiriladi.
 
Bordi-yu chaqaloqda emish refleksi past, lekin yutish refleksi 
yaxshi ifodalangan bo‘lsa, bolani qoshiqchada yoki tomizg‘ich-
da ovqatlantiriladi. Hozirgi vaqtda tomizg‘ichdan ovqatlantirish 
deyarli qo‘llanilmaydi.
 
Chaqaloqda  emish  refleksi  ham,  yutish  refleksi  ham 
rivojlanmagan bo‘lsa, uni odatda elastik polietilen zond orqali 
ovqatlantirish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Zond  burun 
orqali kiritiladi, bu esa vaqti-vaqti bilan bolada emish va yutish 
reflekslarining paydo bo‘layotganligini kuzatib turish imkonini 
beradi (ovqatlantirish texnikasi amaliy qismda ko‘rsatilgan).
 
Chaqaloqni  sutka  davomida  necha  marta  ovqatlantirish 
uning  chalalik  darajasiga  va  funksional  jihatdan  yetukligiga 


 
112 
bog‘liq.  Aksariyat  hollarda  7-8  marta  ovqatlantirishni  ma’qul 
deb  hisoblanadi.  Agar  bola  juda  chala  va  biron  xil  kasallikka 
uchragan  bo‘lsa,  ovqatlantirish  sonlarini  10  martagacha 
ko‘paytirish mumkin.
 
Hayotining  birinchi  kunlarida  chaqaloq  bir  marta  ovqat-
lanish  uchun  taxminan  5-10  ml,  2-kuni  10-15  ml,  3-kuni       
15-20  ml  gacha  sut  olishi  mumkin.  Chaqaloqning  keyingi 
kunlarda qancha sut iste’mol qilishi quyidagi formulaga binoan 
aniqlanadi:
 
Cc = n + bola vaznining har 100 grammiga 10 ml.
 
Bu yerda n – bolaning hayot kunlarini bildiradi.
 
Masalan:  Vazni  2100  gr  bo‘lgan  3  kunlik  bola  bir  kecha-
kunduzda  (3+10)x21=273  ml  sut  olishi  kerak.  Agar  bola  7 
marta ovqatlantirilsa, har safar taxminan 40 ml sut olib turishi 
kerak bo‘ladi.
 
Bola  10  kunlik  bo‘lganida 
«sig‘imli»  usulga  binoan  tana 
vaznining 1/8 qismi, 10-14 kunlik bo‘lganda 1/7 qismi, 14-21 
kunlik  bo‘lganda  1/6  va  birinchi  oyning  oxirlariga  borib  tana 
vaznining 1/5 qismi miqdorida sut olib turishi lozim.
 
Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  vitaminlar  va 
mineral moddalar ham vaqtida kiritilishi lozim. Shuning uchun 
bolaning bir oyligidan boshlab meva sharbatlari, 2-3 oyligidan 
esa meva va sabzavot pyurelari berib turish maqsadga muvofiq. 
Bolaga 4 oyligidan boshlab tuxum sarig‘i ham bersa bo‘ladi.
 
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘shimcha ovqat-
lar sog‘lom tug‘ilgan bolalarga beriladigan muddatlarda kiritiladi.
 
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloq iloji boricha onasining 
suti bilan boqilishi kerak, chunki qo‘shimcha kiritiladigan har 
qanday sun’iy sut mahsuloti hazm tizimining bolada yetarli ri-
vojlanmaganligi natijasida to‘liq parchalanmaydi va so‘rilmaydi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish