VIII.2.6. Chorvachilik mahsulotlarining veterinariya – sanitariya
ekspertizasi.
Go„sht va go„sht mahsulotlari nafaqat hayvonlar balkim, insonlar uchun
kasallik tarqatish manbai bo„lishi mumkin. Shu sababli, go„shtni qayta ishlaydigan
korxonalarda doimiy ravishda veterinariya-sanitariya nazorati faoliyat ko„rsatishi
zarur.
Veterinariya-sanitariya nazoratining vazifasi, insonlarni va hayvonlarni sifatli
go„sht va go„sht mahsulotlari bilan ta‟minlab, ularning kasallanishini oldini
olishdir. Ular, qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini so„yish va qayta
ishlashda muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim. Hayvonlarning nimta va
organlarini diqqat bilan ko„rikdan o„tkazish, nafaqat inson va hayvonlarni
kasallanishini oldini oladi balkim, so„yim mahsulotlaridan unumli foydadanishni
ta‟minlaydi. Hayvonning hayotlik davrida, ba‟zi infeksion va invazion kasalliklarga
chalinganligini bilish mushkullik tug„diradi.
Veterinariya-sanitariya tadbirlari xo„jalikdan boshlanib, tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarish chiqarish jarayonigacha davom etadi. Bu jarayonni olib borish
uchun maxsus veterinariya ishlab chiqarish nazorati bo„limi faoliyat ko„rsatadi.
Ularning bakteriologik va kimyoviy tekshirishlarini o„tkazishga mo„ljallangan
laboratoriyasi mavjud. Bu tadbirlarni amalga oshirishda veterinariya xodimlari
“So„yishga mo„ljallangan hayvonlarni veterinariya-sanitariya ko„rigidan hamda
go„sht va go„sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o„tkazish”
qoidalariga asoslangan me‟yoriy-texnik hujjatlaridan foydalanadi.
Ushbu qoidaga binoan, kuydirgi, infezimatoz karbunkul, qutirish, qotma, o„lat,
brodzot, manqa, botulizm va boshqa kasalliklarga chalingan yoki kasallikka shubha
qilingan hayvonlarni so„yish man qilingan. Kuydirgi va qutirish kasalligiga qarshi
emlangan hayvonlar 14 kun vaqt o„tguncha so„yilmasligi lozim. Hayvonlarga
antibiotiklar qo„llanilgan bo„lsa 3 kun vaqt o„tguncha so„yilmaydi. Yoshi 14
kunlikgacha bo„lgan hayvonlar so„yishga ruxsat etilmaydi. O‟lik hayvonlar,
347
shuningdek, chaqmoq urgan, suvga cho„kib yoki elektr toki ta‟sirida, muzlab,
bug„ilib o„lgan hayvonlar go„shti iste‟mol uchun ishlatilmaydi. Ular texnik
utilizasiyaga yuboriladi, veterinariya vrachi ruxsati bilan cho„chqalarga pishirilib
yoki yirtqich hayvonlarga xom holida beriladi.
Go„shtni qayta ishlash korxonasida veterinariya-sanitariya ko„rigidan
o„tkazish ikki qismga so„yishdan oldin va keyingi qismga bo„lib olib boriladi.
So„yishdan oldingi ko„rikda katta jussali hayvonlarning har birining tana
harorati o„lchanadi, cho„chqa va qo„ylarda saralab o„lchanadi. Agar kasallangan
hayvon aniqlansa, ajratilib, diagnoz qo„yilib so„yishga ruxsat beriladi yoki
veterinariya-sanitariya tadbirlari olib boriladi.
So„yishdan keyingi nazorat albatta o„tkazilish shart. Chunki, ba‟zi
kasalliklarni so„yishdan so„ng aniqlash mumkin. Ko„rikdan o„tkazish hayvonning
bosh qismidan boshlanadi. So„ngra ichki organlar va nimta ko„rikdan o„tkaziladi.
Hayvonlardagi patologik o„zgarishlarga qarab diagnoz qo„yiladi va veterinariya-
sanitariya holatiga baho beriladi (go„sht va go„sht mahsulotlari).
Sog„lom hayvonlardan olingan nimtalar tamg„alanadi. Ko„rikda oziq-ovqat
maqsadida ishlatishga yaroqsiz deb topilgan nimta va ichki organlar, qishloq
xo„jalik hayvonlariga ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin yoki umuman yo„q
qilinadi.
Kasal hayvonlardan olingan go„sht va go„sht mahsulotlari shartli yaroqli deb
baholanadi. Ular albatta ishonarli darajada zararsizlantirilgan bo„lishi shart. Agar,
ularda kasallik mikroblari bor deb aniqlansa, veterinariya-sanitariya qoidasiga
binoan ularni savdoga chiqarish man etiladi. Zararsizlantirishning maqsadi,
mahsulotlarda mavjud bo„lgan infeksion va invazion kasalliklarining mikroblarini
to„lig„icha yo„q qilishdir. Bunda, mahsulotlar ozuqaviy qiymatini yo„qotmasligiga
e‟tibor berish kerak. Zararsizlantirishning asosiy usuli unga yuqori haroratda ishlov
berish hisoblanadi. Issiqlik yo„li bilan ishlov berishning samarador bo„lishiga
go„shtni bo„laklanish hajmi, undagi namlik, yog„ miqdori va boshqa omillar ta‟sir
qiladi. Unda suv miqdori ko„p bo„lsa, semizlik darajasi shuncha past ammo, issiqlik
o„tkazuvchanligi yuqori bo„ladi. Yog„ va oqsil mikrob hujayralarini nobud
bo„lishdan ma‟lum darajada asraydi. Shu sababli, patogen mikroblarini halokatga
uchrashiga olib keladigan issiqlikda ishlov berish maqsadga muvofiq. Veterinariya-
sanitariya qoidalari binoan, zararsizlantirilayotgan mahsulotning diametri 8 sm,
bo„laklar og„irligi 2 kg gacha bo„lishi lozim.
Ochiq qozonlarda go„sht, suv qaynagandan so„ng (100
0
Sda) 3 soat qaynatiladi.
Yopiq qozonlarda esa bug„ bosimi 0,5 kg/sm
2
bo„lganda, 2 soat 30 minut
qaynatiladi. Go„shtning ichki qismida harorat 80
0
S bo„lganda uni zararsizlantirildi
deb hisoblash mumkin.
Quyon va parrandalar go„shti 100
0
S da 1 soat qaynatiladi. Unda salmonillyoz
va tuberkullyoz kasalliklari mikroblari bo„lsa, qaynatish 1 soat 30 minut davom
etadi.
348
Veterinariya-sanitariya qoidalariga binoan, oqsil, o„lat, pasterellyoz kabi
kasalliklarga chalingan hayvonlar go„shtini, faqat muskul to„qimasida katta
o„zgarishlar bo„lmasa, qaynatilgan kolbasa tayyorlashda ishlatishga ruxsat beriladi.
Bunda kolbasa diametri 5 sm dan oshmasligi kerak. Qaynatish 88-90
0
S da 60 minut
davom ettiriladi. Batonning ichki qismida harorat 75
0
S dan past bo„lmasligi lozim.
Finnoz bilan zararlangan go„shtlarni muzlatish yoki tuzlash usulida zararsizlantirish
mumkin. Bunda muskullar orasidagi harorat -10
0
S ni tashkil qilishi lozim. Tuzlash
usulida, go„sht bo„laklarning og„irligi 2,5 kg bo„lishi kerak. Unda go„shtning
og„irligiga nisbatan tuz miqdori 10 % sepiladi. So„ngra 26 % tuzli eritmada 20 kun
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |