Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Davlat  andozas  -  iste‟mol  qilinadigan  sutga  organoleptik  ko„rsatkichlari 
bo„yicha quyidagicha talablarni qo„yadi; rangi-oq va oq sarg„ich (yog„siz sutlar-och 
ko„kish  bo„lishi  mumkin),  ta‟mi  va  hidi  sof  bo„lishi  kerak  (o„ziga  xos), 
konsistensiyasi-bir xil suyuqlikda bo„lib, cho„kma hosil qilmasligi lozim.  
Har  bir  pasterlangan  sut  turi  o„ziga  xos  fizik  kimyoviy  xususiyatlari  bilan 
tavsiflanadi. Ular davlat andozalari talabiga javob berishi kerak.  
A  guruhli,  sutda,  1  ml-75  ming  mikrob,  ichak  tayoqchasi  titri  0,3  ml  dona 
bo„lishi  kerak.  Iste‟mol  qilinadigan  sut  ishlab  chiqarish  quyidagi  texnologik 
jarayonlarni  o„z  ichiga  oladi:  xom-ashyo  sutni  qabul  qilish  va  sifatini  tekshirish, 
tozalash,  yog„ini  me‟yorlashtirish,  gomogenlash,  pasterlash,  sovutish,  idishlarga 
quyish, idish og„zini berkitish va tashish. 
Xom-ashyo sut orgonoleptik baholanib, uning tarkibi aniqlanadi. Pasterlangan 
iste‟mol  sutlarini  ishlab  chiqarishda,  xom-ashyo  sut  sog„lom  sigirlardan  olingan, 
tabiiy bo„lishi va unda hech qanday begona ta‟m va hid bo„lmasligi, nordonligi esa 
20
0
T dan past, hamda davlat andozasining boshqa talablariga javob berishi lozim. 
Xom-ashyo  sut  mexanik  aralashmalaridan  tozalanadi.  Uni  me‟yorlashtirish 
separator  normalizatorlarida  olib  boriladi.  Bunda  sutning  qaymog„i  olinadi  yoki 
sutga  yog„i  olingan  sut  qo„shiladi.  Buning  uchun  maxsus  hisob  kitoblar  olib 
boriladi,  formula  yoki  maxsus  jadvaldan  foydlaniladi.  Yog„i  olingan  sut,  xom-
ashyo  sutni  pasterlashdan  oldin  aralashtiriladi,  so„ngra  plastinkali  pasterizatorda 
76+2 
0
S - da  20 minut pasterlanadi. 
Ba‟zan  sutni  qaymoqlanishini  oldini  olish  uchun,  ta‟mini  yaxshilash  va 
hazmlanishini  oshirish  maqsadida,  gomogenizasiyalanadi.  Pasterlangan  sut 
pasterizator- sovutkich qurilmalaridan 4-6
0
 S haroratda chiqariladi, katta sisternaga 
to„planadi  va  idishlarga  qo„yish  uchun  jo„natiladi.  Pasterlangan  sutni  idishlarga 
quyguncha, saqlash mumkin emas.  
Pasterlangan sut maxsus apparatlarda shisha idishlarga (0,25, 0,5 va 1 kg) va 
qog„oz  idishlarga  (0,25,  0,5)    solib,  og„zi  germetik  berkitiladi.  Unda  AR-1M 
avtomat quygich apparati qo„llaniladi.  
AQSh  da  pua-pak,  Shvesiyada  tetra-pak  avtomat  quygich  apparatlaridan 
foydalanilmoqda. 
Pasterlangan  sut  iste‟molga  flyagalarga  chiqarilsa,  iste‟moldan  oldin 
qaynatilishi mumkin.  
Sut  zavodlarida  shisha  idishlarni  yuvish,  mahsulotni  idishga  quyish,  og„zini 
berkitish  va  markalash  uzluksiz  tizimda  amalga  oshiriladi.  Apparatlarni  ishlab 
chiqarish quvvati, agar, sut shisha idishlarga quyilsa 1 soatda 12 ming shisha idish, 


 
306 
qog„oz paketlar qo„llanilsa 0,5 kg paketlar 1 soatda 3600 dona va 0,25 kg qog„oz 
paket qo„llanilsa, 1 soatda 4500 dona ishlab chiqiladi. 
Pasterlangan sutlar 8 
0
 S da 20 soatga gacha saqlanishi mumkin. Har smenada 
ishlab  chiqarilgan  sutlar  texnik  nazoratdan  o„tkazilib,  laboratoriyada  uning  sifati 
aniqlanib,  idishlar  ustiga  yoziladi.  Bunda  sutni  organoleptik  ko„rsatkichlari, 
harorati,  nordonligi,  tarkibadagi  yog„,  peroksidaza  va  fosforaza  namunali 
ko„rsatkichlari, tarkibidagi mikroblar va ichak tayoqchasi soni ko„rsatiladi. 
Bunday sutlar zavoddan maxsus izotermik avtorefrojerator yuk mashinalarida 
yoki maxsus jihozlangan avtomashinalarda iste‟molchilarga yetkaziladi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish