Sut kislotali uyush. Bu uyush jarayoni sut kislotali bakteriyalar fermenti
asosida yuzaga keladi. Unda sut qandidan sut kislotasi hosil bo„ladi. Bu kislota
oqsillarni uyutadi va uni xususiyatini o„zgartiradi. Bu uyush prosessi asosida juda
ko„p nordon sut mahsulotlari va pishloqlar paydo bo„ladi.
Propion kislotali uyush. Bu uyush jarayonini propion kislotali bakteriyalar
fermenti yuzaga keltiradi. Bu uyush jarayonida Shvesariya , sovet va boshqa qattiq
pishloqlar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |